Klopp Evropadagi eng yoqtirmagan stadionini aytdi
19 noy 2019 16:54
Yangiliklar
Klopp Evropadagi eng yoqtirmagan stadionini aytdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp u yoqtirmagan stadion nomini malum qildi.
Klopp bir necha bor "Sevilya"ning uy stadioni bo'lmish "Ramon Sanches Pisxuan"ga tashrif buyurgan.
Mutaxassis bu erga "Maync", "Borussiya" (Dortmund) va "Liverpul" klublari bilan kelgan, ammo g'alaba qozonmagan.
"Ha, u erda ajoyib muhit mavjud. To'g'risini aytsam, bu ular uchun maqtov. Men uchun eng noqulay stadion aynan shu er", - deydi Klopp.
Klopp nafaqat bu stadionda yuta olmagan, balki umuman "Sevilya"ni mag'lubiyatga uchrata olmagan.
Fikrlar