Klopp: "Davrimizning eng kuchlisi Messi, o'tgan mavsumning eng zo'ri esa van Deyk"
25 noy 2019 14:10
Yangiliklar
Klopp: "Davrimizning eng kuchlisi Messi, o'tgan mavsumning eng zo'ri esa van Deyk"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Oltin to'p" haqida fikr bildirdi.
"Agar "Oltin to'p"ni hozirgi avloddagi eng zo'r futbolchiga berish kerak bo'lsa, har doim Messiga berish kerak bo'lar edi.
Ammo, bu o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisiga berilishi kerak bo'lsa, unda van Deykka berish kerak. Bu narsani aniq qaysi yo'l bilan hal qilinishini bilmayman, ammo mening fikrim shunday.
Umuman olib qaraganda eng zo'r futbolchi kim? Bu Messi. O'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisichi? Bu Virjil", - deydi Yurgen Klopp.
G'oliblarni taqdirlash marosimi 2 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar