Klopp "Atletiko" himoyachisiga qiziqib qoldi. Uning tovon puli – 120 mln evro

22 mar 2020, 23:13
"Liverpul" rahbariyati jamoa mudofaa chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

AS nashri xabariga ko'ra, ingliz klubi shartnomasi yozda nihoyasiga etadigan Deyan Lovrenga o'rinbosar qidirmoqda. "Qizillar"ning short-listidan 3 futbolchi o'rin egallagan: Dayo Upamekano ("RB Leyptsig"), Alessandro Bastoni ("Inter") va Xose Ximenes ("Atletiko").

Madrid klubi futbolchisi ikkinchi qavatdagi ishonchli harakatlari va to'p bilan yaxshi muomala qilishi tufayli "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning e'tiborini o'ziga jalb qilgan.

Ximenesning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, uning tovon puli 120 million evroni tashkil qiladi. 25 yoshli urugvaylik himoyachi joriy mavsum La Liga doirasida 11ta uchrashuv o'tkazdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: AS