Klopp "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin nimalar dedi?
02 noy 2018 21:29
Yangiliklar
Klopp "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin nimalar dedi?
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Arsenal" ko'plab gollar urmoqda, ular yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. Ular bizning darvozamizga gol kiritmasligi uchun harakat qilamiz, biroq jamoaning bunday ishlar uchun qurollari juda ko'p. Ular kreativ o'yin ko'rsatishadi, ritmni ushlab tura olishadi, to'p bilan yaxshi ishlashadi va "ikkinchi qavat"da ustunlik qila olishadi. SHuningdek, kichik xatodan ham raqibni jazolab ketishadi.
Holat shunday. "Manchester Siti", "Tottenxem" va "CHelsi"ga qarshi o'yinlarda ham shunday degandim. O'yin qanday bo'lishini ertaga ko'ramiz. Bunga biz maksimal darajada tayyor bo'lishimiz kerak. Bunday qiziqarli bahslarga tayyorlanish ham juda qiziqarli. Qiyin, biroq qiziqarli", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar