Klopp APLdagi 300-o'yinini o'tkazmoqda
03 sen 2023 18:29
Yangiliklar
Klopp APLdagi 300-o'yinini o'tkazmoqda
Ayni damda "Liverpul" APLning 4-turi doirasida "Aston Villa"ga qarshi bahs olib bormoqda.
Bu mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Kloppning APLdagi 300-uchrashuvi hisoblanadi. Uning qo'l ostida jamoa 187 g'alaba, 69 durang va 43 mag'lubiyat qayd etdi.
Klopp bir klub bosh murabbiyi sifatida APLda o'tkazgan uchrashuvlari borasida 4-o'rinda bormoqda. Bu boradagi rekord "Arsenal" sobiq ustozi Arsen Vengerga tegishli, 828 o'yin. SHuningdek, afsonaviy ser Aleks Fergyuson APLda 810 o'yinda ishtirok etgan. "Everton"ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyesda bu natija 427 o'yinga teng.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar