Klopp: APLda chempionlik poygasi kutilganidan ham qiziqarli kechmoqda
09 fev 2019 02:57
Yangiliklar


Klopp: APLda chempionlik poygasi kutilganidan ham qiziqarli kechmoqda
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp musobaqaning bosh sovrini uchun bo'layotgan kurash haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"CHempionlik jangida intriga avjiga chiqmoqda va kutilganidan ancha qiziqarli kechmoqda. Bunday bo'lishidan shubhalanmayman. Kimdir yaqin taqibchidan 12 ochko oldindaligimizda g'alabamizni hisoblagan deb o'ylamayman. Murosasiz jang oxirigacha bo'lishi tushunarli bo'lib bormoqda. Ushbu poygada borligimizning o'zi quvonarli. Vaziyatni yaxshilashning yagona usuli — bu g'alaba qozonish.
"Manchester Siti" bilan kurashni yozadigan jurnalistlarni o'qimayman. Ammo, muxlislarning menga berayotgan savollarining ohangi o'zgarganini payqadim. CHempionatni yutishni istasang, bunday vaziyatlarda o'zingni ko'rsatishing va kurashishing kerak bo'ladi", — deya Kloppning so'zlarini keltirdi "Liverpul" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar