Klopp: "APL klublari futbolchilarni ingliz jamoalariga sotmaydi"
19 fev 2019 11:10
Yangiliklar
Klopp: "APL klublari futbolchilarni ingliz jamoalariga sotmaydi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "qizillar" sotib ololmagan "Borussiya" yarim himoyachisi Jeydon Sancho transferi haqida gapirib berdi.
Sancho "Manchester Siti"da o'ynagan kezlari mersisaydliklar uni xarid qilmoqchi bo'lishgan, ammo "Siti" futbolchini Dortmund klubiga pullab yuborgan.
"Ingliz futbolchilarini sotib olish - Bundesliga klublari uchun aqlli qaror, chunki "Liverpul"da hech qachon Sanchoni sotib olish uchun imkoniyat bo'lmaydi. Ko'r emasmiz, uni kuzatganmiz, yigitcha bizga yoqib qolgandi va Sanchoni xarid qila olamiz deb o'yladik. Yo'q. CHunki ingliz klublari o'z futbolchilarini boshqa ingliz jamoalariga sotmaydi.
Buning aniq sababini bilmayman. Endi futbolchilar Germaniyaga yo'l olishlari mumkin" - deydi Klopp.
18 yoshli Sancho joriy mavsum Bundesliganing 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 11ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar