Klopp: "Alissonga ishonaman"
19 fev 2021 22:14
Yangiliklar


Klopp: "Alissonga ishonaman"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp so'nggi paytlarda juda ko'p xatoliklarga yo'l qo'yayotgan Alisson haqida gapirdi.
"Alissonga bo'lgan ishonchim borasida so'rasangiz, hech nima o'zgarmadi, deya olaman. Barchamiz odammiz, shu jumladan, Alisson ham. So'nggi ikki o'yinda u robot emasligini ko'rsatdi. Bu muammo emas. U bu borada ishlamoqda.
Unga qarab: "Alisson, sen dunyoning eng zo'r darvozabonisan", deyishdan mano yo'q. Futbolchi ertalab turib, oynaga qaraganida dunyoning eng zo'rini ko'rib turganiga ishonch hosil qilishi kerak. Xato qilyapsanmi, demak, o'zingga kelishing kerak. Alisson juda aqlli, u buni engib o'ta oladi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar