Kleman Langle: "Klasikoning boshqa kunga ko'chirilishi – Barselonadagi muammolar paytida eng yaxshi qaror"
20 okt 2019 21:50
Yangiliklar


Kleman Langle: "Klasikoning boshqa kunga ko'chirilishi – Barselonadagi muammolar paytida eng yaxshi qaror"
"Barselona" himoyachisi Kleman Langle "Barselona" - "Real" uchrashuvi shahardagi siyosiy vaziyat tufayli qoldirganligi haqida fikr bildirib o'tdi.
"Kataloniyada uzoq vaqtdan beri yashayotganim yo'q. SHuning uchun bu haqda ko'p narsa ayta olmayman. Barselonada yuzaga kelgan muammolar shuni bildiradiki, o'yinni boshqa sanaga ko'chirilishi – eng yaxshi qaror.
Ammo, bu La Liga va Ispaniya futbol federaciyasi qirolligi tomonidan qabul qilindi. Biz hech narsani hal qilmaymiz. Klasikoda qatnashish uchun istalgan kunda maydonga tushishni istayman. Qachon o'tkazilishidan qatiy nazar, o'ynashga majburmiz", – deya qayd etdi. Langle.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar