Klaudio Raneri "Manchester Yunayted"dan revansh olmoqchi
22 sen 2016 21:13
Yangiliklar
Klaudio Raneri "Manchester Yunayted"dan revansh olmoqchi
Lester bosh murabbiyi Klaudio Raneri Manchester Yunaytedga qarshi bo'lib o'tishi kutilayotgan o'yin haqida gapirib o'tdi.
"Liga kubogida uzoqroqqa borishni istagandik. Lekin, endi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin haqida o'ylayapmiz. CHarchoqlar yo'q deb o'ylayman. Futbolchilar xar uch kunda o'ynashga o'rganib qolishdi. Jismoniy holatimiz bir oy oldingiga qaraganda yaxshi.
Mourino bilan munosabatlarimiz ajoyib. U bilan vino ichishga tayyorman.
"Qizil iblislar" Angliya Superkubogi uchun bahsda "Lester"ni mag'lub etishgandi. Endi biz revansh olmoqchimiz. Qo'rquv yo'q. Nimadan qo'rqishimiz kerak?" - deya o'z fikrlarini yakunladi italiyalik murabbiy.
Fikrlar