Klaudio Pisarro faoliyatini yakunlash haqida o'ylayotgani yo'q
10 fev 2014 18:21
Yangiliklar

Klaudio Pisarro faoliyatini yakunlash haqida o'ylayotgani yo'q
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Klaudio Piasarro Kicker nashriga bergan intervyusida futbolchilik faoliyatiga yakun yasash niyatida emas ekanini takidladi.
"Tan olaman, 35 yoshda hamma ham futbol o'ynayvermaydi. Ko'pchilik futbolchilar 30 yoshdayoq butsalarini mixga ilishadi. Ammo men bunday qilishga chog'lanayotganim yo'q. Boisi jismoniy holatim yana bir necha mavsum yuqori darajada o'ynash imkonini beradi. SHuning uchun "o'yindan tashqari holat"da bo'lishni istamayapman. Bilaman, "Bavariya"da raqobat kuchli. Ammo bu meni umuman havotirga solmayapti. CHunki, "Bavariya"da asosiy tarkibdan joy olmasam, menga ko'proq o'yin amaliyotini bera oladigan boshqa biror klub topilishiga ishonaman", - dedi perulik futbolchi.
Aytib o'tish joizki, Pisarro joriy mavsumda Myunxen super-klubining asosiy tarkibidan ko'p ham joy olayotgani yo'q. CHunki uning Mario Mandjukich va Tomas Myuller kabi jamoadoshlari ajoyib o'yin namoyish etishmoqda. SHu boisdan ham nemis matbuotida Pisarroning "Bavariya"ni tark etishi borasida fikrlar yangray boshladi. Bunga Robert Levandovskining yozda Myunxenga ko'chib o'tishi ham malum manoda turtki bo'ldi.

Fikrlar