Klarens Zeedorf: “O'yinchilarim bilan faxrlanaman”
20 fev 2014 10:48
Yangiliklar


Klarens Zeedorf: “O'yinchilarim bilan faxrlanaman”
“Milan” klubi bosh murabbiyi Klarens Zeedorf, jamoasining CHempionlar ligasi doirasida “Atletiko”ga qarshi o'tkazgan o'yinidan (0:1) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'yinchilarim maydonda qanday o'ynaganlarini barcha yaxshi biladi. So'nggi 20 daqiqa biz tezlikni pasaytirdi, shu sababli “Atletiko” o'yinni o'z qo'liga oldi.
O'tkazib yuborilgan gol jamoaga salbiy tasir qilgan bo'lsada, yigitlar chiroyli o'ynashni kanda qilishmadi.
Balotelli o'yin davomida raqib jarima maydonida xavli vaziyatlarni hosil qilib, “Atletiko” himoyachilarini qiyin ahvolda qolishga majbur etdi. “Visente Kalderone”da bo'ldigan keyingi o'yin biz uchun juda qiyin bo'ladi, lekin men u erda o'ynaganim uchun maydonning muhitini yaxshi bilaman. Keyingi o'yinni o'z foydamizga hal qilishga urinib ko'ramiz”, - deya takidladi Zeedorf.

Fikrlar