Klarens Zeedorf: "Milan"ga murabbiylik qilish uchun futbolchilik faoliyatimni tugataman"
15 jan 2014 00:16
Yangiliklar


Klarens Zeedorf: "Milan"ga murabbiylik qilish uchun futbolchilik faoliyatimni tugataman"
Gollandiyalik futbolchi Klarens Zeedorf matbuot anjumanida "Milan"ni boshqarish uchun futbolchilik faoliyatini tugatishini aytib o'tdi.
"Men 22 yil davom etgan futbolchilik faoliyatimga yakun yasayman. Faoliyatim davomida erishgan yutuqlarimdan ko'nglim to'ldi. "Botavogo" klubidagi barcha jamoadoshlarim bilan quchoqlashib hayrlashish va minnatdorchilik bildirishga vaqt topaman deb umid qilaman. Braziliya klubida orttirgan tajribam "Milan"ni boshqarishda yordam beradi", - dedi Zeedorf.

Fikrlar