So’nggi yangiliklar

15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  12 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8 10:32Ўзбекистонлик ҳакамлар олимпия ўйинларидаги илк учрашувларига тайинлов олишди  4

Kitobxon ustozga ishonch Yangiliklar

Kitobxon ustozga ishonch

SHubhasiz, Lionel Messining Argentina terma jamoasidan ketish haqidagi qarori yoz oylari jahon futbolida yangragan eng shov-shuvli xabarga aylandi.

Boshqacha aytsak, buyuk Leo Kopa Amerika-2016 finalida yuz bergan omadsizlikdan so'ng milliy terma jamoa libosini qayta kiymasligini elon qildi. Bu qaror tabiiyki, barcha-barchani qattiq ajablantirdi. Zero, Messi hali 30 yoshga ham to'lmadi, qolaversa, u o'z ishining noyob ustalaridan biri - bunga zarracha shubha yo'q. Xo'sh, shunday futbol javohirining milliy jamoadan zada bo'lishi asl sababi nima? Bu borada qandaydir bahs-munozaralarga o'rin yo'q. CHunki hammasi oydek ravshan - Lionel argentinaliklarning yirik turnirlardagi muvaffaqiyatsiz ishtiroklaridan charchadi va oxir-oqibat, hech kim kutmagan yo'lni tanladi yoxud shunga chog'landi. Uning ortidan esa Xaver Maskerano va Serxio Aguero ham termadagi faoliyatlarini yakunlashlari xususida og'iz ochishdi. Boz ustiga, voqealarning bunday keskin tus olishi jamoa ustozi Xerardo Martinoning istefoga chiqishiga ulanib ketdi. Bo'shab qolgan bosh murabbiy lavozimiga esa asosiy nomzodlar qatorida Xorxe Sampaoli, Maurisio Pochettino va Diego Simeone kabi nomdor mutaxassislar tilga olinayotgandi. Biroq yakunda Argentina terma jamoasini bundan buyon hali unchalik tanilmagan Edgardo Bausa boshqarishi rasman elon qilindi. Xo'sh, u kim va qaysi xizmatlari o'laroq, milliy jamoa rahnamosiga aylandi? Biz ushbu mutaxassis haqida nimalarni bilishimiz lozim? FootballHD.ru saytida chop etilgan maqola asosida shu kabi savollarga javob olishimiz mumkin.

ISTE'FODAGI FUTBOLCHI

Bizning zamonamizda qaysidir jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlansa, uning tarjimai-holini nafaqat OAV vakillari va muxlislar, balki futbolchilar ham sinchiklab o'rganib chiqishadi. Negaki, ko'pchilik ongiga singib ketgan tushunchaga ko'ra, murabbiy futbolchilik faoliyatida qanchalik mashhurlikka erishgan bo'lsa, uning bu sohada muvaffaqiyat qozonish imkoniyati shunchalik baland baholanadi. Boshqacha aytganda, deyarli hamma shunday o'ylaydi: O'tmishda kuchli futbolchi sifatida nom qozongan mutaxassis o'yinni teran tushunadi va futbolchilar bilan iliq munosabat o'rnatishda uncha qiynalmaydi. Etiborlisi, bu omilga haddan ziyod qattiq yopishib oluvchi argentinalik futbol ishqibozlari terma jamoa jahon darajasida tanilmagan murabbiyga topshirilgan bo'lsada, unchalik xavotirga tushishmadi. Zero, Bausani deylik, Evropada hech kim tanimasada, u Argentinada ancha mashhur. Zero, Edgardo mamlakatning afsonaviy klubi - Rosario Sentralda himoyachi sifatida faoliyat yuritib, 300tadan ko'proq rasmiy o'yinda qatnashgan sobiq futbolchi sanaladi. Diqqat qiling, u shu o'yinlarda Rosario uchun chamasi 80tacha gol urgan. Ochig'ini aytish kerak, bu ko'rsatkich hattoki, bazi hujumchilar statistikasidan ham ancha yaxshiroq.

Qolaversa, terma jamoa muhiti ham Bausa uchun begona emas. U futbolchilik davrida mudom mamlakat bosh jamoasidan chaqiruv olgan va 1990 yili Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempionatida ishtirok etib, kumush medalni qo'lga kiritgandi.

KITOBXON MURABBIY

Malumki, bugungi kunda aksariyat futbolchilar bo'sh vaqtlarini avtomobilda uchish yoxud internet sahifalari aro sayohat bilan o'tkazishadi. Bausa esa kitob shaydosi. 58 yoshli murabbiy ayniqsa, katta-katta romanlarni o'zgacha mehr bilan mutolaa qilardi. Edgardoning so'zlariga qaraganda, u o'smirlik chog'lari qo'liga tushgan adabiyotlar mazmuniga etibor bermagan, yani duch kelgan kitobni birin-ketin o'qiyvergan. Biroq endilikda u nimani mutolaa qilayotgani va nima uchun mutolaa qilayotganini yaxshi biladi: Men kitobxonlikni odatiy romanlarni mutolaa qilishdan boshlaganman. Keyinroq, yoshim ulg'aygach, tarixiy mavzudagi adabiyotlarga qiziqishim ortib bordi. CHunki o'z mamlakatim tarixi haqida imkon qadar ko'proq malumot olishni istardim. Hozirga kelib, Argentina tarixini bus-butun bilib oldim, hisob. SHuning uchun endi tarixdagi ayrim shaxslar hayotini o'rganishga kirishdim, - deydi Edgardoning o'zi asosiy xobbisi haqida. Uning tarixiy shaxslarga alohida qiziqish bilan qarashga majbur qilganlardan biri-  afrikalik Nelson Mandela. Bausaning aytishicha, Mandelaning insoniyat oldidagi xizmatlari shu qadar buyukki, uning hayotini chuqur o'rgangan odam albatta, shaxsiy faoliyatida ham muvaffaqiyatlarga erishadi.

FAOL SIYOSATCHI

Sport, xususan, futbol vakillarining siyosatga aralashishni unchalik yoqtirmasliklari barchaga malum. Bausa esa aksincha, vaqtida Argentina social partiyasi azosi sifatida turli ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etgan. To'g'ri, u partiya etakchisiga aylanmadi. Lekin o'z qarashlarini ilgari surish bilan jamoatchilik fikrini malum darajada o'zgartira oldi, harqalay. CHunonchi, aksariyat odamlar nazdida futbolchilar jismonan baquvvat bo'lsalarda, manan etuk emaslar. Bausa esa buning aksini isbotladi: Ha, men partiyaga rahbar bo'lolmadim. Biroq ulg'ayib, professional futbol bilan shug'ullangan paytlar ham barcha qatori aqli raso yigit bo'lib qolgandim. Partiyadagi faoliyatim davomida xuddi shu narsani isbotlashga urindim.

MURABBIYLIK SALOHIYATI

Edgardo Bausa Argentina terma jamoasi boshqaruvini qo'lga olgunga qadar Braziliyaning San-Paulu klubida faoliyat yuritdi. Bu klub so'nggi paytlarda shunchalik sifatli futbol namoyish qildiki, millionlar o'yinini yoritishga ixtisoslashgan FourFourTwo portali mavsum yakunlariga ko'ra, Bausani dunyodagi eng kuchli 50 nafar murabbiy ro'yxatiga qo'shdi. Aslini olganda, San-Paulu tarkibida daho futbolchilar yo'q edi. Faqat futbolchilar nomlariga etibor qaratsak, San-Paulu hattoki, Korintiansdan ham ancha zaifdek tuyuladi. Biroq xuddi shu klub Libertadores kubogida yarim finalgacha etib keldi. Vaholanki, oxirgi 5 yilda San-Pauluda ishlagan hech bir murabbiy bunga muvaffaq bo'lmayotgandi. Eng qizig'i, Braziliyaning kuchliroq ko'ringan boshqa jamoalari turnirda umuman, omadsiz ishtirok etishdi. Bausa shogirdlari esa guruh bosqichida Argentinaning River Pleyt va Boliviyaning Strongest klublari bilan tengma-teng kurashib, ulardan ko'proq ochko jamg'arishdi. Hayratlanishga arziydigan yana bir omil shuki, Bausa musobaqa davomida bir qator etakchi shogirdlarini yo'qotdi: afsonaviy darvozabon Rojerio Seni, Evropada tajriba oshirgan Luis Fabiano va Aleshandre Pato... SHubhasiz, bu futbolchilar har qanday raqibga qarshi o'yinda katta foyda keltirishlari mumkin edi. Lekin Edgardo zaxira imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, jamoa ularsiz ham muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini isbotladi. SHu tariqa Argentina futbolida Ganso, Jonatan Kaleri kabi yangi, yosh yulduzlar bosh ko'tarishdi. Darvoqe, Kaleri Libertadores kubogining bosh to'purariga aylandi.

Umuman olganda, Bausa Janubiy Amerika qitasida klub futbolining bosh musobaqasi hisoblangan bu turnir bo'yicha alohida natijalarga ega. Aniqroq aytsak, u murabbiy sifatida Libertadores kubogida ikki marta muvaffaqiyatga erishgan. Edgardoning bosh yutug'i shundaki, qaerda ishlamasin, eng avvalo, himoyadagi harakatlarni tartibga solib, ishonchli ko'rinishga keltirib oladi. SHuning uchunmi, so'nggi mavsumgacha ko'plab tahlilchilar Bausani Himoyaga usta, ammo hujumkorlik borasida sust mutaxassis, deb tariflashardi. Biroq murabbiy San-Pauluda yo'lga qo'ygan o'yin tizimi bilan buning aksini ko'rsatdi. Aniqrog'i, Bausa nafaqat orqa chiziq, balki hujumdagi harakatlarni ham maksimal darajaga chiqarishga qodir murabbiy sifatida taassurot uyg'otdi. Xullas, Argentina futboli rahbarlari tanlov chog'i uzil-kesil uning nomzodini yoqlaganlari bejiz emasdek. Zero, ayni holatda, yani Messi va Aguerosiz qolgan terma jamoa o'yiniga qisqa muddat ichida fayz kiritish faqat yangicha qarashlarga ega murabbiy qo'lidan kelishi mumkin. Edgardoda masuliyat hissi naqadar yuqori ekanligini uning quyidagi so'zlaridan ham osongina anglash imkoni bor: Endilikda faqat uyimdan mashg'ulotlar bazasigacha bo'lgan yo'lni bilaman, xolos. Boshqa ko'chalarning menga umuman qizig'i yo'q.

KELAJAKKA UMID

Xo'sh, Bausa jamoaning bosh yulduzi Messi atrofidagi voqealar xususida qayday fikrda? U Leoni jamoaga qaytarishga urinadimi yoki yo'q? Messining terma jamoaga qaytish imkoniyati haqida hozircha aytarli hech narsa deyolmayman. Zero, u mustaqil shaxs va qabul qilgan qaroriga barchamiz hurmat bilan qarashga majburmiz. Ammo har qanday holatda ham, Leo bilan alohida ko'rishib, futbolga nisbatan qarashlarimiz haqida bafurja fikr almashishimiz lozim. SHuning barobarida Messini fikridan qaytarish yo'lida unga zug'um o'tkazish yaramaydi. U bilan shunchaki, futbol va o'yin jozibasi haqida suhbatlashsam, bas. Qolganini vaqtning o'zi ko'rsatadi, - dedi Bausa La Nacion nashriga bergan intervyusida.

Xullas, jahon futbolida o'z nomi va o'rniga ega Argentina terma jamoasining yangi murabbiyi mana shunday inson. SHubhasiz, u taklifga rozilik berib, juda mashaqqatli vazifani zimmasiga oldi. Lekin o'ziga ishongani uchun ham shunday qilgani ham tayin. Yana nima derdik, murabbiyga omad tilagancha voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. Ehtimol, albiselestlarni uzoq vaqtdan buyon kutilayotgan taxtga aynan shu kitobxon va siyosatga befarq qaramaydigan mutaxassis qaytarar... Uning oldidagi birlamchi vazifa - bu jamoa bilan JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritish.

I.RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика