Kingsli Koman: "Manchester Yunayted"ning oxirgi o'rindaligi meni ajablantirmadi"
12 dek 2023 23:13
Yangiliklar
Kingsli Koman: "Manchester Yunayted"ning oxirgi o'rindaligi meni ajablantirmadi"
"Bavariya" futbolchisi Kingsli Koman ECHLda "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
"Bu ajablanarli emas. CHunki ECHLda o'ynash oson emasligini yaxshi bilaman. "Manchester Yunayted" yaxshi jamoa, biroq "Galatasaroy" ham yaxshi holatda.
"Galatasaroy" mavsumlar oralig'ida bir qancha top futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Meni "Kopengagen" ko'proq ajablantirdi. Ular rostdan g'am zo'r o'ynashmoqda. Barchasi oson bo'lmasligini bilgandim, biroq bunchalik bo'lishini kutmagandim", - dedi Koman.
Ayni damda "Bavariya" 13 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda. Klub pley-offni kafolatlab bo'lgan. MYU esa 4 ochko bilan so'nggi o'rinni egallab turibdi, biroq ularning ham pley-off uchun imkoniyati yo'q emas.
Fikrlar