So’nggi yangiliklar

11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  2 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  12 09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  1 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  3 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  5 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  1 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  1 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  1 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  46 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25

Kimsan o'zi Kimpembe? Yangiliklar

Kimsan o'zi Kimpembe?

Teglar :  PSJPresnel Kimpembe
Uzoq tanaffusdan so'ng, katta ishtiyoq bilan kutilgan Evropa CHempionlar Ligasi yana katta sahnaga qaytdi.

Kecha tunda futbol boshlanishiga etib olganlar, uyog'iga uxlab qolmaganlari aniq! 

Franciya poytaxti Parij shahrida hali uzoq vaqt eslab yurishga arziydigan o'yin bo'lib o'tdi. 

Ketma-ket 4 yil Evropa chempionlar ligasining 1/4 finalga qadar etib borgan PSJga bu safar 1/8 finaldayoq, "Barselona" duch kelib qoldi. O'yingacha deyarli barcha "Barsa"ning imkoniyatlarini biroz yuqori baholayotgandi. 



Do'stlaringiz orasida PSJning chin muxlisi bormi? Yurtimizda "Pari Sen-Jermen"ning muxlis va muxlisalari unchalik ko'p emas, lekin ular bor! 

SHulardan biri, kaminaning do'sti Timur Abdulin bo'ladi. Dushanba, 13 fevral, do'stim bo'lajak o'yindan nimalar kutayotganiga qiziqdim. "Yana "Barsa", bu safar nechta gol urib qolib ketasizlar", - dedim kulib. Bunga javoban Timur: "Yo'q, bu safar raqibni ayab o'tirmaymiz. Ayniqsa, Parijdan ularni qon yig'latib kuzatib qo'yamiz", deganda orzuga ayb yo'q, sizlar har safar shunga o'xshash xayollar bilan ovunasizlar degandim. 

Qo'shimcha qilib, u jamoa bugungi kunga kelib, yaxshi sport formasida ekanligi, Di Mariya va Kavani g'alabada muhim rol o'ynashi va "El Matador" gol urishini ham takidlagandi. Birgina muammo, bu markaziy himoya chizig'ida Tyago Silvaning yo'qligi va uning o'rnini Kimpembe egallashi, u esa hali juda yosh ekanligida dedi. 

O'zaro o'yinlar statistikasi (PSJ ustozi Emerining "Barselona"ga qarshi statistikasi alohida masala), jamoalar holati, Messi va bir necha sabablar etmaganidek, jamoa sardori Tyago Silvaning yo'qligi...      

Bir qarashda hammasi oddiy, PSJ o'z golini urar, lekin g'olib kataloniyaliklar bo'ladigandek edi. 

SHu sababli bo'lsa kerak, uchrashuv vaqtida Presnel Kimpembening o'yiniga alohida etibor qaratdim.

Amalda kimning "ketmoni uchganiyu", bevosita o'yinni yana bir bor tahlil qilish niyatidan yiroqman. 


Maydonda nima bo'lganini o'zingiz ham yaxshi ko'rdingiz.

Ha, Unai Emeri taktik jihatdan g'alabaga erishdi, Di Mariya, Kavani, Draksler, Veratti, Rabo va qolgan barcha-barcha futbolchilar zo'r o'ynagani uchun mezbonlar zafar quchishdi. Lekin bir o'ylab ko'ring, o'zining debyut o'yinida Messi, Suares, Neymarga qarshi to'p tepayotgan 21 yoshli futbolchi "qovun tushirgan"da nima bo'lishi mumkin edi? Hech kim undan Tyago Silva kabi top darajadagi futbolni talab qila olmasdi. Agar xato qilsa ham, "Ha, endi yoshlik qildida. Bu uchlikka qarshi kimlar adashmagan" derdik va bo'ldi, barchasi vaqt o'tishi bilan esdan chiqardi. 

Lekin bu o'yin nafaqat Kimpembe, balki futbolning oddiy muxlisi xotirasida ham uzoq vaqt saqlanishi aniq. 



Darvoqe, yodda qolarli lahzalar so'raganmidingiz mister Kimpembe? Muammosiz!

Talablariga binoan deganlaridek, Messi-Suares-Neymar uchligiga qarshi o'yin. Yosh himoyachi uchun bundan hayajonliroq, qiziqrog'ini topish mushkul vazifa chamamda.

Bo'yi markaziy himoyachilar uchun nisbatan uncha baland bo'lmagan (183 sm) Presnel CHempionlar Ligasida bu uchrashuvga qadar bir daqiqa ham o'ynamagan. 

Anchagina baquvvat, tezkor va sovuqqon chapaqay, havoda yaxshi o'ynaydi. Kecha esa butun dunyo Kimpembe oyoqlari bilan ham futbol o'ynay olishini ko'rib qo'ydi. 

Birgina Messi bilan bo'lgan vaziyatni eslang, Leo o'z uslubida jarima maydonchasi yaqiniga kelib, raqiblarni birin-ketin aldashga chog'langandi. Presnel esa "kichkina demang bizni, ko'tarib uramiz sizni" degan naqlni argentinalikka eslatib qo'ydi. 

VIDEO (TAS-IX)



Ushbu mavsumga qadar, Presnel asosiy jamoada paydo bo'lganini sanash uchun bitta qo'l barmoqlari etardi. Ohirgi ikki mavsumni esa himoyachi PSJ o'rinbosarlar jamoasi tarkibida, to'rtinchi (!) divizionda o'tkazgan. Tyago Silvaning jarohati, Markinosning Braziliyaga, Olimpiya o'yinlariga ketib qolishi, murabbiylar shtabini Kimpembeni asosiy tarkibning mavsumoldi tayyorgarligiga to'liq jalb qilishga majbur etdi. Yosh futbolchi qimmatli imkoniyatni ko'kka sovurmadi.

Mavsumni Presnel markaziy himoyachi sifatida boshladi. Tyago Silva tuzalib, Markinos qaytganidan so'ng, qaxramonimizning o'yin vaqti ancha qisqardi, lekin uning iqtidorini ko'rib ulgurishdi. Birdaniga premer-liga jamoalaridan qiziqish bo'layotgani haqida gap-so'zlar chiqa boshladi. Oktyabr oyida esa Kimpembe Franciya milliy terma jamoasiga chaqiruv oldi.    


 
Noyabr. Futbolchi PSJ bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirdi. "Ushbu mavsumdagi maqsadlarim? Musobaqalarda g'alaba qozonish, iloji boricha ko'proq vaqtni maydonda o'tkazish, jamoadoshlarim, klub va muxlislar bilan unutilmas daqiqalarni birga o'tkazish", - dedi u. 

"Agar uni biror kim bilan solishtirishni so'rasalar, men Vensan Kompanini aytgan bo'lardim", - dedi PSJ va Belgiya termasi futbolchisi Tomas Mene. - Presnel ham nozik did sohibi, o'yin uslubi ham juda o'xshab ketadi. Kimpembe ham ko'plab zamonaviy himoyachilar kabi, hujumni himoyadan boshlashga katta etibor qaratadi. 

Yosh francuz yomon boshlamadi. Kimpembe butun o'yin davomida na Messi, na Suares va na Neymarga darvoza tomon aniq zarba berishga imkon qoldirmadi! 


O'zi ko'rinmagan bo'lishi mumkin, lekin ishini qoyillatib bajardi bola-paqir.

Bunaqasi so'ngi bor qachon bo'lganini "Barselona"ning ashaddiy muxlisi ham eslay olmasa kerak.  

Himoyachi bundan buyog'iga ham o'z ustida ishlashdan to'xtamaydi va yorqin yulduz bo'lib etishadi degan umiddamiz!


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика