Kimmix: "Ular termaga chaqirilmasligini matbuotdan eshitdim"
10 mar 2019 17:42
Yangiliklar


Kimmix: "Ular termaga chaqirilmasligini matbuotdan eshitdim"
"Bavariya" va Germaniya termasi himoyachisi Joshua Kimmix jamoadoshlari milliy jamoada boshqa o'yin ko'rsatmasligi borasida gapirdi.
Oldinroq "Bild" nashri Yoaxim Lev termaga Jerom Boateng, Mats Xummels va Tomas Myullerni boshqa chaqirmasligi borasida malumot bergandi.
"Bu yangilikni men birinchi bo'lim matbuotdan eshitdim. Ajablanarli. Termadagilar aynan ushbu uch futbolchidan voz kechgani g'alati. So'nggi 10 yillikda ular termaning asosiy futbolchilari bo'lishdi va jahon chempioniga aylanishdi. Ular mening do'stlarim. SHu boisdan ham bu boradagi xabarni OAVdan eshitish biroz yoqimsiz", - dedi Kimmix.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar