So’nggi yangiliklar

17:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" меҳмони бўлмоқда, "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  0 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  18 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   2 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  4 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45Абдумавлон Абдужалилов: "Бухоро" бизнинг хато қилишимизни кутди, улар осон рақиб эмас"  0 13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  4 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1

Kimlar Xitoyga bormaydi? Yangiliklar

Kimlar Xitoyga bormaydi?

Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov o'z maqolasida qaysi futbolchilar yakuniy 23talik tarkibdan tushib qolishi mumkinligi haqida to'xtaldi.

Bilasiz, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionatida saralash bosqichi doirasidagi Xitoy hamda Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvlarga 27 nafar futbolchini jalb etgandi.

Orada esa kecha Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi "yopiq" mashg'ulot-nazorat o'yini o'tkazildi.

Qirg'iziston terma jamoasi bilan o'yin FIFA kunlariga to'g'ri kelmagani bois, bazi legionerlarimiz, xususan Odil Ahmedov, Eldor SHomurodov, Vitaliy Denisov hamda Fozil Musaev kabi futbolchilar bu bellashuvda ishtirok eta olishmadi.

Ahmedov, SHomurodov, Denisov va Musaev dushanba kuni terma jamoa lageriga kelib qo'shilishlari kutilmoqda.

Bizdagi malumotlarga ko'ra, kechagi uchrashuvda Babayan 22 nafar futbolchilarni maydonga tushirdi. Biz o'sha o'yin haqidagi xabarda asosiy tarkibda maydonga tushgan va zaxiradan qo'shilgan futbolchilarni yozgandik.

Qirg'iziston bilan bo'lgan "yopiq" uchrashuvda tarkibdagi mavjud futbolchilardan faqatgina Nikita Ribkin maydonga tushmadi. Babayan kecha qo'l ostidagi qolgan barcha o'yinchilarni sinab ko'rgan.

Tez orada qolgan to'rttala legioner futbolchilarimiz kelishadigan bo'lsa, unda tarkibdagi futbolchilar soni yana 27taga etadi. Xitoy bilan bo'ladigan safar o'yiniga esa 23 nafar futbolchi olib ketiladi. 

Xush, Babayan kimlarni qoldirib ketadi?


Birinchi navbatda Davron Hoshimov Xitoy bilan bo'ladigan uchrashuvda ishtirok etolmasligini eslatib o'tmoqchi edim. CHunki Hoshimovning sariq kartochkalari soni ikkitaga etgan va himoyachi Xitoyga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Demak birinchi nomzod aniq va bu Davron Hoshimov bo'ladi.

Ikkinchi nomzod kim bo'ladi? Katta ehtimol bilan bu nomzod Aziz G'aniev bo'lishi kutilmoqda. Aziz G'aniev muntazam terma jamoa yig'inlariga jalb etiladi va doim yakuniy 23talik ro'yxatdan tushib qoladi. Terma jamoamizdagi markaziy yarim himoyadagi ijrochilarni inobatga oladigan bo'lsak, bu nuqtada hozirda G'anievga ehtiyoj kamroq va G'aniev Xitoyga bormasligi mumkin.

Uchinchi nomzod bu Vladimir Kozak. Nega Kozak? Babayan Kozakni Qirg'iziston bilan o'yin uchun jalb etgan. CHunki bu uchrashuvga qadar Denisov terma jamoa ixtiyoriga etib kelolmasdi va shu boisdan ham chap qanot himoyasiga terma jamoa bosh murabbiyi Kozakni chaqirgandi. Xitoyga esa Denisov va Sayfiev ketishi aniqroq.

To'rtinchi nomzod biroz bahsli. Ushbu tarkibdan Xitoyga bormasligi mumkin bo'lgan futbolchilar ichida Jamshid Iskanderov va Sardor Mirzaev. Lekin bu ro'yxatga Egor Krimecni ham qo'shgan bo'lardim. Buning o'ziga xos sabablari ko'p. Birinchidan, Krimec 2017 yilda jami 5ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan. Ularning uchtasi terma jamoa safida va ikkita klubi tarkibida. "Beyjing Goan"ga "Bayer"ning sobiq bosh murabbiyi Rojer SHmitd tayinlanganidan so'ng Egor Krimec Xitoyda zaxirada o'tirishiga to'g'ri kelmoqda. Ammo shunday bo'lsada, Babayan terma jamoada muntazam markaziy himoya markazida o'ynatishni yoqtiradigan ushbu himoyachini Xitoyga olib ketishiga shubha yo'q. Ammo oxirgi malumotlarga ko'ra, futbolchi Xitoyga boshqa sabablar bilan ham uchib ketmasligi mumkin. Yani hozirgi jismoniy holati to'liq o'yinni o'tkazishga etmasligi yoki jarohati bo'lishi mumkin. Bu hozircha nomalum. Agarda Krimec bilan barchasi joyida bo'ladigan bo'lsa, unda Krimec aniq Xitoyga terma jamoa bilan birga uchib ketadi.

Unday bo'ladigan bo'lsa, Mirzaev yoki Iskanderov tarkibdan tushib qolishi mumkin.


Mirzaev kechagi o'yinda gol urgani Babayanni fikridan qaytaradigan bo'lsa, unda Iskanderov Toshkentda qoladi. CHunki hujumchi ortida harakatlanadigan futbolchilar Jeparov yaxshi formada. Sasha esa hozircha o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan bo'lsada, Geynrixning terma jamoa muhiti uchun muhim futbolchi va Babayanning "sehrli tayoqcha"si ekanligini inobatga olsak, Geynrix baribir yakuniy tarkibdan tushib qolmaydi.

Demak to'rtinchi nomzod bu Iskanderov. 

Babayan jalb etgan futbolchilarning to'liq ro'yxati:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv” Toshkent), Nikita Ribkin (“Qo'qon-1912”);

Himoyachilar: Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“CHanchun Yatay”, Xitoy), SHerzod Azamov (“Paxtakor”), Egor Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy), Akmal SHorahmedov (“Nasaf”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv” Toshkent), Davron Hoshimov (“Paxtakor”);

Yarim himoyachilar: Server Jeparov (“Istiqlol” Tehron, Eron), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv” Toshkent), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv” Toshkent), Eldor SHomurodov (“Rostov”, Rossiya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jazira”, BAA), Marat Bikmaev (“Lokomotiv” Toshkent).

Hujumchilar: Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston).

Toshkentda qolishi ehtimoli katta futbolchilar: Davron Hoshimov (diskvalifikaciya), Aziz G'aniev, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov/Egor Krimec (tushunarsiz holat, amaliyot yoki jarohat)

SHahboz Beg'amov

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика