So’nggi yangiliklar

17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  4 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  3 16:27Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га ўтишини айтди  2 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  1 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  9 15:06"Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью  8 14:44Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф!  3 14:18"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди  0 13:50Расмус ўрнига Уоткинс? МЮ ҳужумида ўзгаришлар кутилмоқда  0 13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  1 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  2 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  3 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  23

Kimi Merk: "O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtirokini kuzatib boryapman" Yangiliklar

Kimi Merk: "O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtirokini kuzatib boryapman"

Osiyo kubogi "F" guruhining birinchi turidan o'rin olgan Tailand - Qirg'iz Respublikasi (2:0) uchrashuvidan so'ng, "Paxtakor" va Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi futbolchisi Kimi Merk saytimizga kichik intervyu berdi.

-Tailanda qarshi o'yindan keyingi fikringiz qanday? 

- Juda qiyin o'yin bo'ldi. Bor kuchimizni ishga soldik, ammo natija biz kutgandek bo'lmadi. Raqibga gol urish uchun juda ko'p imkoniyat berdik. Keyingi o'yinlarda bu xatolarni to'g'irlashga harakat qilamiz.

- Tailand jamoasining o'yini haqida nimalar deya olasiz?

- Juda yaxshi jamoa, ammo bizda imkoniyat bor edi. Bir narsa deyish qiyin, o'yinni analiz qilishimiz kerak. 

- Ikkinchi bo'limda Qirg'iz Respublikasi o'yinni qaytarishga harakat qildi. Umuman olganda ikkincha taymdagi rejalaringiz qanday edi?

- Albatta, biz kurashishni to'xtatmadik. Bittagina to'p farqi bilan mag'lub bo'layotgandik. O'yinni qaytarishga urindik, ammo o'xshamadi. Keyingi o'yinlarda bundan yaxshiroq harakat qilamiz. Biz jamoa sifatida yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz lozim. Kurashuvchanlik va g'alaba ruhiyati juda muhim.

- O'zbekiston terma jamoasining ushbu musobaqadagi ishtirokini kuzatib boryapsizmi?

- Albatta, O'zbekiston terma jamoasini kuzatib boryapman. U erda jamoadoshlarim harakat qilishmoqda.

- Keyingi ikkita o'yin haqidagi fikring qanday?

- Yaxshiroq o'ynashga va gol urishga harakat qilamiz. Hozir esa guruhdagi raqiblarimiz qanday harakat qilishlarini tomosha qilamiz.

OSIYO KUBOGI TURNIR JADVALI

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика