So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  0 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  10 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Kilichev va Xojiakbarov yana jamoa almashtira oladimi? Yangiliklar

Kilichev va Xojiakbarov yana jamoa almashtira oladimi?

Kuni kecha Oybek Qilichev va Abduqahhor Xojiakbarov mos ravishda "Surxon" va "Andijon" bilan shartnoma imzolashdi.

Bu borada qiziq holat yuzaga keldi. Ushbu futbolchilar mavsum davomida yana jamoasini o'zgartira oladimi.

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev o'z Telegram kanalida bir futbolchi bir mavsum davomida uch klub safida ro'yxatdan o'ta olmasligi haqida yozgdi.

"Musobaqalarni o'tkazish reglamentiga ko'ra, bir futbolchi bir futbol mavsumi davomida uch klub safida ro'yxatdan o'ta olmaydi. Demak, Qilichev ham, Hojiakbarov ham ikkinchi klubga o'tayotganidan kelib chiqib, yozgi transferda umuman boshqa klubga istasa ham keta olmaydi" - deyiladi Diyor Imomxo'jaev kanalida.

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev ham bu borada kanalida post qoldirdi.

"Kecha bir savol paydo bo'ldi: Futbolchi bir yil ichida nechta klubni almashtirishi mumkin?

FIFA reglamentida futbolchi ro'yxatdan o'tkazilayotganda "mavsum" termini ishlatiladi: Mavsum - milliy liganing ilk rasmiy o'yinidan boshlanib, chempionatning so'nggi uchrashuvi bilan yakunlanadigan oraliq. Yani turli xil kubok o'yinlari hamda qitalararo turnirlar mavsumga kirmaydi.

Endi Reglamentning 5.3:

Futbolchi bir mavsum davomida ko'pi bilan 3ta klubda ro'yxatdan o'tishi mumkin. Bu vaqt ichida futbolchi faqat ikkita klub safida rasmiy uchrashuvlar o'tkazishi mumkin. Agar o'yinchi bir klubdan boshqasiga o'tayotganda ikkinchi klub ishtirok etadigan chempionat boshqa davrda o'tkazilsa (masalan, bittasi bahor-kuz, ikkinchisi kuz-bahor tizimi), futbolchi avvalgi shartnomalardagi majburiyatlarini to'liq ado etib, uchinchi jamoa safida maydonga tushishi mumkin. SHunga qaramay ro'yxatdan o'tkazish muddati va shartnomaning minimal davomiyligiga amal qilish lozim.

Eslatib o'taman, bu FIFA reglamenti bandi va har bir mamlakatda futbolchilar o'tishi borasida o'z qoidalari bo'lishi kerak. Ammo aynan 5-band milliy chempionat reglamentlariga o'zgarishsiz kiritiladi.

Demak, O'zbekiston misolida vaziyat shunday: Xatto Superkubokni mavsumning starti deb hisoblasak, 23 fevral holatiga ko'ra A klubda bo'lgan futbolchi O'zbekiston chempionatining 2019 mavsumida B va C klublarida o'ynashi mumkin, biroq buning uchun u qishki transfer oynasi yopilgunicha A jamoadan B jamoaga o'tishi, yozgi transfer oynasida B klubni C klubga o'zgartirishi kerak bo'ladi" - deb yozilgan Alisher Nikimbaev kanalida.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика