Kilian Mbappe Messi haqida: "Bu "mitti" men uchun "GOAT" emas"
29 avg 15:48
Yangiliklar
Kilian Mbappe Messi haqida: "Bu "mitti" men uchun "GOAT" emas"
"Real" hujumchisi Kilian Mbappening ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida kutilmagan post chop etildi.
Gap shundaki, xakkerlar uning sahifasi boshqaruvini qo'lga olishgan. Francuzni "Tvitter"da 14 million obunachi kuzatadi.
Notanish "mehmonlar" bir nechta post qoldirishgan. Ulardan biri Mbappening PSJdagi sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida edi.
Aytishlaricha, xakkerlarning asosiy maqsadi "MBAPPE" kriptovalyutasiga etibor qaratish bo'lgan. Malum bo'lishicha, bir kechada ular 10 million evro ishlab topishgan. Keyinroq barcha "tasodifiy postlar" o'chirib yuborilgan.
Ronaldu murabbiy bo'ladimi? Krishtianuning o'zi bu savolga javob berdi
Fikrlar