Kike Seten: “27 imkoniyatdan 27 ochko jamg'arish ehtimoli kam, ammo amallasa bo'ladi”
18 iyu 2020 22:41
Yangiliklar
Kike Seten: “27 imkoniyatdan 27 ochko jamg'arish ehtimoli kam, ammo amallasa bo'ladi”
Kataloniya klubi chempionat doirasida yana to'qqizta uchrashuvda maydonga tushadi. Ertaga Seten shogirdlari “Sevilya” bilan kuch sinashadi.
-Ligadagi qolgan uchrashuvlarda maksimum 27 ochko jamg'arish mumkin. Jamoangiz bu ishni amalga oshira oladimi?
-O'ylashimcha, buning ehtimoli juda kam. Garchi jamoa bunga qodir bo'lsa ham, vaziyatga real qarash kerak. Biz restartdagi ikki uchrashuvda g'olib chiqdik va gol o'tkazmadik. Boshqalar bilan solishtirganda bu yaxshi natija, albatta. Ammo har bir ochkoni qo'lga kiritish oson ish emas. Bu qiyin, lekin amalga oshirish mumkin”, dedi Seten.
“Barselona ayni paytda La ligada 5 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan “Real” kataloniyaliklardan bir o'yin kam o'tkazgan.
Fikrlar