So’nggi yangiliklar

22:55"Адана Демирспор" — "Ризеспор". Алиқулов доимгидек асосий таркибда  0 22:23Ансу Фати Туркияга йўл олиши мумкин?!  2 21:58Расман: "Милан" Франция терма жамоаси ўйинчисини 25 миллион еврога харид қилди  2 21:30А Серия. "Интер" "Женоа" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  1 21:15Туркия Суперлигаси. Шукуров жамоаси ўз майдонида Турғунбоев жамоасини қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  3 21:01Файзуллаев Россия ва Ўзбекистонни таққослади  8 20:53АПЛ. "Арсенал" чемпионатни осон ғалаба билан бошлади  3 19:45Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  8 19:142022 йилдан бери майдонга тушмаган МЮ собиқ футболчиси 32 ёшида фаолиятини якунлади  4 19:10АПЛ. "Ипсвич" - "Ливерпуль" 0:2, Салахда 1+1  0 18:45Қозоғистон. Иброҳим Ҳалил Йўлдошев жамоаси ғалабага эришди ва жадвалда етакчига айланиб олди  2 18:30АПЛ. "Ливерпуль" янги мавсумни ишончли ғалаба билан бошлади  6 18:14"Арсенал" - "Вулверхэмптон". Кимлар асосий таркибда?  1 17:31Слотнинг дебютида "Ливерпуль" "Ипсвич" дарвозасига бирорта аниқ зарба бермади  2 17:10Месси экофаоллардан 50 минг евро талаб қилди  13

Kichik qadam, tayanishning quyi markazi, qondagi laktata darajasi: Messining biomexanik va biokimyoviy ajoyibligi Yangiliklar

Kichik qadam, tayanishning quyi markazi, qondagi laktata darajasi: Messining biomexanik va biokimyoviy ajoyibligi

Messining futbolga berayotgan mo'jizalarini ko'rib, doimo hayratdan yoqani ushlaymiz - u shunchaki o'z driblingi, texnikasi, to'p bilan muomalasi va jismoniy ko'rsatkichlari bilan bizni ajablantirib kelmoqda.

Bir barqaror stereotip bor: Leo - aqlbovar qilmas iqtidor, Krishtianu - chegerasiz mehnat mahsuli. Xo'sh, Messining qolganlardan qanday ustunlik tomoni bor? Bunday ajoyib kordinaciya qaerdan kelib qolgan? Insoniyatning eng yaxshi namunalaridan biri bo'layotgan odamga bunday iqtidorni tabiyat yuqtirganmi?

Bularni aniqlash uchun biz ilmiy izlanishlar olib bordik: Messining umumiy holati, uning sportdagi biomexanika va biokimyosi. Xo'sh, bizni nimalar qiziqtirdi:

- Messining driblingini ilmiy tushuntirish: odam to'p bilan shunday harakatlanishi uchun qanday sifatlarga ega bo'lishi kerakligi;

- Leoning genetikasi: bu o'zi nima va uning muvaffaqiyatlarga tasiri;

- Messining chayirligi: qay tariqa u bunday chaqqon bo'lib qolgan? Nahotki bularning barchasi iqtidordanmi?

Boshladik!

Iqtidorli driblyorning asosiy kriteriyasi - chayirlik. Baribir bizning xotiramizda Ronaldinoning performanslari saqlanib qolgan - buyuk braziliyalik hozirgi futbolda ham anchagina asqotardi, o'shanda u o'zining fintlari bilan "Barselona"ni elkasida ko'tarib yurardi. Zinedin Zidanning o'ziga hos xatti-harakatlari bo'lardi, bu esa Kuautemoka Blanko va Krishtianu Ronalduning biroz kuchliroq varianti edi - biroq Messida barchasi o'zgacha.

Balki Leoga bu narsalarning keragi ham yo'qdir, - u shunchaki zamonaviy driblyor. Nima uchun? Keling, tushunishga harakat qilib ko'ramiz.

Genetika sportda qanday rol o'ynaydi? Mehnat bilan muvaffaqiyatlarga erishsa bo'ladimi?

Genetikani o'rganuvchi avtorlarning fikriga ko'ra sport yutuqlarida, mashg'ulotlarda sportchining tuzilishi eng katta ahamiyatga ega bo'ladi. Agarda irsiy moyillik bo'lmasa odam muntazam ravishda o'z ustida ishlagan taqdirda ham yuqori darajaga ko'tarila olmaydi (plyus - barchasi to'g'ri bo'lishi va odam ko'p o'z ustida ishlab o'zini jarohatlab qo'ymasligi kerak).

Leoning bo'yi 170 sm. Bolaligida u o'z tengdoshlari orasida eng past bo'ylisi bo'lgan ekan (o'shanda shifokorlar Leo 140 smda qolib ketadi deyishgan). SHu boisdan u o'z ustida tinmay ishlay boshladi - raqiblarini aldab o'tish usullari, ularning oldida turib, tezkorlik bilan yonidan o'tib ketish kabi... Uning bo'yi esa shunga mos edi. Inekciya gormonlarini qabul qilganidan keyin, Leo genetik o'sishga erishdi - uning jismoniy ko'rsatkichlari oshib ketdi.

Portugaliyaning Beyra-Interior universiteti olimlari "Irsiy meroslarning odam mushaklari va harakatlariga tasiri" borasida olib borgan izlanishlari ushbu tezisni batafsilroq tushuntirgan: sportning har bir turida o'zgacha ko'rsatkichlar bor (anatomik, metabolik, funkcional va ahloqiy), ular sportchining eng yuqori darajaga ko'tarilishida ideal darajada bo'lishi kerak.

Qo'yilgan bahoga ko'ra, anaerob ko'nikmalarda irsiyatning xizmati 30dan 90 foizgacha bo'ladi (tezlik va kuch nazarda tutilgan), kislorodni qabul qilishdagi eng yuqori darajada esa bu o'rtacha 40-70 foizni tashkil qiladi. Albatta, ulushlar katta. Lekin tug'ma iqtidori bor odam ham bundan foydalana olishi va mashg'ulotlar orqali unga ishlov berishi kerak.

Rostdan ham Messi dangasaligi tufayli kam yuguradimi? Yo'q - bunga ikki asosiy sabab bor...

Messini ayrim paytda muxlislar pressing qilmasligi va himoyaga qaytmasligi borasida gapirishadi. To'g'ri, Leo ko'p marta bu borada eng yomon natijalarni qayd etgan. Isbot tariqasida biz uning 2014 yili ECHL doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yinini eslasak bo'ladi: o'shanda u 30 yoshga ham kirmagan va 95 daqiqa mobaynida atigi 6,8 km yugurgan. Undan keyingi o'rinni kataloniyaliklar kiperi Pinto egallagan - 5,3 km, bu boradagi eng yaxshi natija Kokega tegishli bo'lgan - 12 km.

2017 yili "Barselona" "Real"ni tor-mor etganida Messi 8 kilometr yugurgandi. SHularning 7 kilometrini u yurib (bazida sal tezlashib) o'tkazgan bo'lsa, faqatgina bir kilometrida maksimal tezlikda harakatlangan. O'shanda u gol va assist qayd etgan.

Bu bilan Messi hech nima qilmaydi demoqchimisiz? Yo'q, quyida 2 isbot bor!

1. Messi doimo ajoyib poziciya tanlaydi - kam yugursa ham samarali ishlaydi

Messi rostdan ham kam yuguradi va asosan sekin harakat qiladi, biroq doimo qulay nuqtada turadi. Demak, u turgan nuqta raqiblari uchun doimo havfli hisoblanadi. Bunday hulosani "Sakramento Kings" taxlilchisi va strategiya bo'yicha vice-prezidenti Lyuk Born va "Barselona" taxlilchisi Xaver Fernandes taqdim qilgan.

Born va Fernandes fenomenni to'liqligicha o'rganib chiqishgan va "yuqori qadrlanadigan zonalar" terminini o'ylab topishdi. Tushunarliki, u turgan maydonni istalgan nuqtalari bu erda nazarda tutilgan. Agarda o'sha qadrlanayotgan zonalarning klassik tushunchasi kerak bo'lsa - gol urish uchun qulay bo'lgan nuqtalar deyiladi. Taxlilchilar esa buni yanada chuqurlashtirishdi: buning o'yin dinamikasidagi qadrini hisoblashdi, shuningdek, ular ayrim narsalarga katta etibor berishdi: to'pning, futbolchilarning poziciyasi, raqib himoyachilarning salohiyati.

"Barselona"ning Primerodagi "Vilyareal"ga qarshi o'yinini taxlil qilgan holda Born va Fernandes bir fikrga keldi, jamoada eng yaxshi poziciya tanlaydiganlar: Leo Messi, Serji Buskets va Andres Inesta (bu 2017 yilgi hisobot).

Natijalar 2 xil yo'nalishda saralandi: aktiv (futbolchi tez harakatlanadi) va passiv (sekin harakatlanadi). Yaxshi poziciyalarda ochiq turgan Inesta 43 foiz holatda passiv bo'lgan, Buskets esa 52 foiz. Messi esa eng yaxshi poziciyalarda 66 foiz vaqt davomida passiv holatda turgan holda, raqib himoyasida ochiq hududlar yaratgan.

"SHu orqali Messi o'yinning katta qismida yugurmasdan tashabbusga ega bo'ladimi, deb savol bersak bo'larmikin? Ha, bu bizning izlanishlarimiz natijasi, - dedi Born. - U bunga tayyorlanadimi? Bu savolga javob olish uchun Messining o'zi bilan bahslashgan maqul".

Messini zamonaviy futbolning eng aqlli futbolchilaridan biri deb hisoblashadi. Uning unchalik tez bo'lmagan harakatlaridan ajablanarli holatni topa olmaysiz - u o'yindan oldin raqiblarining o'yinlarini taxlil qiladi va o'sha qadrlanayotgan poziciyalarni egallash uchun nozik nuqtalar, qaysi joylar ochiq turishini ko'rib oladi.

"17 yoshimda umuman boshqacha poziciyada umuman boshqacha ko'rinishda o'ynardim. Futbol doimiy ravishda o'zgarmoqda, shu boisdan mening uslubim ham... Paslar oshirishda jamoadoshlarimga yordam berish planida katta o'sishga erishdim, deb hisoblayman. Menga hozirgi o'yin uslubim ko'proq yoqyapti. Raqiblar markazga ko'proq futbolchi yig'ilishini istamoqda, bu esa menga qanotdan hujumga o'tishim uchun foydali bo'lmoqda", - dedi Messi.

2. U doimiy ravishda dribling qiladi - bu yugurishdan ko'ra qiyinroq.

To'p bilan yugurayotgan holda dribling qilish - siz ko'rgangizdan ko'ra qiyinroq. Liverpuldagi universitet olimlaridan biri T.Rayllining "Yuqori intensivdagi katta akcentli mashqlar" mavzusidagi izlanishlariga ko'ra, odam organizmi uchun nostandart bo'lgan istalgan harakat (yo'nalishni o'zgartirish, orqaga yugurish, tezkor harakat va sekinlashish) odamga metabolik yuklama beradi (bunda odamning bo'yi, vazniga to'g'ri keladigan, sportdagi harakatlarini yanada effektivlashtiradigan mashqlar). Demak, dribling, shunchaki tez yugurishdan ham ortiqroq. Va mana shu yuklama futbolchi to'p bilan parallel bo'lib turgan paytdagina bo'ladi.

Oddiy qilib aytganda Messining to'p bilan ishlashi (to'pni o'zida ushlab turib, tezda tepib, raqibning yonidan o'tib ketishi), maydonning yarmigacha yuqori tezlikda yugurishdan ham qiyinroq. Ha, to'g'ri yo'l bo'ylab, markazgacha yuqori tezlikda yugurish ham oson emas, sprinterlik poygalarida buni ko'p ko'rganmiz, lekin bunday yugurishda metabolik yuklama ularda bo'lmaydi. Liverpulliklarning tadqiqotlari yana bir isboti sifatida aytish mumkinki, sportchilar yugurib o'tadigan masofani ko'rgan taqdirda ham ketadigan kuchga ahamiyat bermaydi va asosiy etiborni to'pga qaratadi.

Bu nazariyani boshqacha fikrlar bilan davom ettirish ham mumkin: "To'p bilan toza fiziologik muomalaning qadri". Qadr deganda bu erda organizmning resurlari va uning konkret vazifalarni bajarishiga qodirligi tushuniladi.

Mualliflar isbot sifatida driblinglar rostdan ham driblinglar energiyaning tezroq ketishida va harakatlarning kuchayishiga olib kelishini keltirishdi. Ha, boshqacha eshshitiladi, agarda kimdir bundan shabxalansa, ayrim bioximik tushuntirishlar ham bor: yuqori tezlikda amalga oshirilgan dribling noproporsional tarzda oqayotgan qonndagi laktata miqdorining oshishiga sabab bo'ladi.

Laktat - qondagi sut kislotasining qizishidir. Hayotiy tushuntirganda, sizning yugurganingizdagi qizib ketishingiz tushuniladi. Laktataning etishmasligi esa odamdagi kislota-taminoti balansining buzilishiga, qisman ko'ngil aynishiga sabab bo'lishi mumkin. Yodingizdami, Leo doimiy ravishda ko'ngli aynib, qusib turardi? Bu borada ko'p talqinlar aytildi (shu jumladan noto'g'ri ovqatlanish ham), biroq yana bir ehtimoldan biri - laktataning etishmasligidir.

Liverpuldagi universitet olimlaridan biri Jon Murning aytishiga ko'ra, bu futbolchilardagi oddiy holat, chunki futbolchilar doimo harakatdagi odam bo'lgani va maksimal yuklama bilan yurgani uchun ularda laktata balansi tez-tez buzilib turadi. Futbolchilar o'yin davomida 75 foiz anaerob yuklama olishadi. Albatta, bu raqamlarga poziciyalar doimo tasir qiladi, masalan, yarim himoyachilarning organizmi boshqalarnikidan ko'proq kuch ishlatadi.

Leoning bo'yi bilan fint qilish qiyinroq, Ronaldu esa shunday mayda qadamlar bilan o'ynay olmaydi

"Barselona"dagi ilk mavsumida Leo chiziqlar orqali paslar va to'p bilan muomalasi orqali raqiblarini ortda qoldirayotgandi. 2007/08 yilgi mavsumda u har bir o'yinda 8,4 marta raqiblarini aldab o'tgan. Bu kosmos! Evropada 6tadan oshiq raqib-aldashni kamgina futbolchilar qayd etgan - Adama Traore, Sofian Bufal (6,3) va Neymar (6,1).

Endi Leo ham bu borada biroz kamtarroq (5,6) natija qayd etmoqda, chunki uning o'yin uslubi ko'proq paslarga moslashdi. Squawka talqiniga ko'ra, Messi 2006 yildan keyin raqiblarini aldash borasida eng yaxshi natijaga ega - 1880ta. Ikkinchi o'rindagi Eden Azar esa 600ta kam natijaga erishgan. Uchinchi o'rinda Frank Riberi (939), to'rtinchi Serxio Aguero (832), beshinchi Krishtianu Ronaldu (816).

Pep faoliyati davomida Messi kabi to'p bilan muomala qiladigan futbolchini ko'rmagan ekan: "Faqatgina Messi to'pdan tez harakatlana oladi".

Nima uchun Messi to'p bilan bunchalik yaxshi o'ynaydi?

2011 yilda Leo "Sky Sports"ning eksperimental-shousida qatnashdi. Uning oldiga 25 metrga ikki xil yugurish sharti qo'yildi (to'g'ri va zigzag usulida), raqib - ispaniyalik sprinter Anxel David Rodriges - unchalik mashhur bo'lmagan, faoliyati davomida 2ta kumush medalga sazovor bo'lgan yuguruvchi.

Eksperimentda kutilgan narsa tasdiqlandi: sprinterning to'g'ri yugurishi foydaliroq (chunki ular katta qadam tashlashadi), futbolchining harakatlarida esa mayda qadamlar ko'proq, chunki ular doimiy ravishda yo'nalishni o'zgartirib turishadi va o'zgarishlarga tayyor bo'lishadi.

ABC nashrining tadqiqotlaridan biri ham ayrim narsalarni tasdiqladi: odam qanchalik past va baquvvat bo'lsa, uning tayanish markazi quyiroqda bo'ladi. Masalan, Messining tayanish nuqtasi o'z gavdasi uchun ideal nuqtada bo'lmoqda.

Tayanish nuqtasi esa odamning muvozanati va vazniga bog'liq. Yiqilish kuchi esa yiqilish nuqtasi va tayanish markazining ilk qismiga bog'liq bo'ladi. Demak, bo'yi uzun insonlarni yiqitishganida biroz qiynalishadi. Bo'yi pastlarga esa biroz aksi, ularning muvozanatini buzish qiyinroq bo'ladi.

Endi dribling haqida, bunda har xil harakatlar tez-tez takrorlanadi va mayda qadamlar ko'p ishlatiladi, kichik qadamlar va tayanish nuqtasi pastroqda bo'lganlar esa tezkor to'xtash va sekinlashishni yaxshi uddalashadi, harakatlarni o'zgartirish va tezkor ilk harakat ham raqibdan oldin bo'ladi.

Demak, Messining genetik ustunligi bor: Ronalduning bo'yi uzun va ko'proq mayda qadamlar tashlashi uchun ko'proq kuch ishlatadi va bu notabiiy holat bo'ladi, Messida esa bu borada barchasi joyida.

Endi hulosa o'rnida: Messi - haqiqiy biorobot. Uning irsiy ko'rsatkichlari futbol uchun juda mos (unchalik uzun bo'lmagan bo'y, quyi tayanish markazi, kuch va chidamlilik). Mashg'ulotlar orqali u buni yanada kuchliroq qildi va ijobiy sifatlarini ko'tardi. SHu orqali u futbol olamining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lib oldi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика