So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  42 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

Kichik Gigant - Filipp Lam! Yangiliklar

Kichik Gigant - Filipp Lam!

Teglar :  Filipp LamBavariya
Bugun o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan Filipp Lam haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.


Filipp Lam - 1983 yilning 11 noyabrida Myunxenda tug'ilgan. Germaniyalik futbolchi. Himoyachi va yarim himoyachi. "Bavariya" jamoasi sardori. Germaniya terma jamoasi safida jahon chempioni va vice-chempioni.

Filipp 5 yoshligida otasi uni mahalliy futbol maktabiga etaklab boradi. 11 yoshida esa Bavariyadagi mashhur akademiya azosiga aylanadi. Bolalar bo'limi murabbiyi Yan Pinta yigitchani istedodini payqay olgan. Umuman, Lamni ko'rgan istalgan murabbiy uning kelajakda ajoyib futbolchi bo'la olishini ayta olardi. Filipp ikki marotaba, 2001 va 2002 yillarda yoshlar Bundesligasi g'olibiga aylanadi. Ikkinchi yilgi g'oliblikda Filipp jamoa sardori bo'lgan. O'sha yilgi tarkibda Bastian SHvaynshtayger, Andreas Ottl, Kristian Lell va Petr Traxovski kabi futbolchilar bo'lganligini ham takidlab o'tish lozim.

Klubdagi faoliyati

"Bavariya"

Yoshlar jamoasidagi o'yinlari orqali Filipp Ottmar Xitcfeld nazariga tushadi. U futbolchida asosiy tarkib o'yinchisiga mos bo'lgan sifatlarni ko'radi. 2002 yilning 13 noyabrida u ilk marotaba "Bavariya" asosiy tarkibida maydonga tushadi. Uning debyuti CHempionlar Ligasi doirasida "Lans"ga qarshi o'yinga to'g'ri kelgan. O'shanda u o'yin so'nggida, 90-daqiqada Markus Foylnerning o'rniga maydonga tushgandi.

U yoshlar tarkibida tayanch yarim himoyachisi, o'ng qanot himoyachisi va yarim himoyachi poziciyalarida o'ynashga ulgurgan. O'zi uchun esa qanotlarda o'ynashni qulay deb hisoblardi. "Bavariya-2"da u hujumlarga qo'shilib keta oladigan qanot futbolchisi bo'la oldi. O'sha vaqtda "Bavariya" himoyasining o'ng qanotida Villi Sanol, chap qanoti esa Biksan Lizarazyu tomonidan "bron" qilingandi. SHu sababli ham, u "SHtutgart"ga o'tib ketishga majbur bo'ladi.

"SHtutgart"

2003 yilning yozida Lam ijara asosida "SHtutgart"ga ko'chib o'tadi. Avvaliga u Andreas Xinkelga o'rinbosar sifatida ko'rilgandi. Biroq, bosh murabbiy Feliks Magat undan boshqa poziciyada foydalanishga qaror qiladi.

2003 yilning 3 avgustida u Bundesliganing birinchi turida "SHtutgart" safida debyut qiladi. O'sha mavsumda u 31 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol kirita olgan. CHempionlar ligasida esa 7 ta o'yin o'tkazgan.



Ikkinchi mavsum esa biroz og'irroq o'tadi. Evro-2004dan so'ng unga tiklanish uchun vaqt kamlik qiladi. Uni ustiga yangi bosh murabbiy Mattias Zammer qahramonimizga ko'p ham ishonch bildiravermaydi. O'sha yili u 16 ta o'yinda maydonga tushgandi. 2005 yilning yanvarida u o'ng oyog'idan jarohat oldi va shu bilan 9 aprelda maydonga qaytdi. Oradan bir oy o'tib u tizzasidan jiddiy jarohat oladi. SHu tariqa, Lamning "SHtutgart"dagi faoliyatiga yakun yasaladi.

"Bavariya"

2005 yilning iyulida Filipp "Bavariya"ga qaytadi, lekin og'ir jarohatdan so'ng tiklanishga ulgurmaydi. SHu tariqa u 19 noyabrdagina maydonga tusha oladi. Biksant Lizarazyu ketganidan so'ng u "Bavariya" himoyasining haqiqiy qiroliga aylana boshlaydi.

O'z vaqtida Filipp Lam Bundesliganing eng qimmat himoyachilaridan biri hisoblanadi.

2017 yilning 18 aprelida Filipp ECHLda "Bavariya" safidagi so'nggi o'yinini o'tkazdi. O'shanda myunxenliklar "ECHL doirasidagi o'yinda "Real"ga 2:4 hisobida yutqazib qo'ygandilar.

Lam Oliver Kandan so'ng "Bavariya"ning "SHon-shuhrat zali"ga kiritilgan ilk o'yinchi bo'ldi.

Bundesligada esa "Frayburg"ga qarshi o'yin uning "Bavariya" safidagi so'nggi o'yini bo'ldi.

Terma jamoa

2004 yilning 18 fevralida ilk marotaba Germaniya terma jamoasi safida maydonga tushadi. Evro-2004 ishtirokchisi. Germaniyada bo'lib o'tgan JCH-2006 da bronza medalini qo'lga kiritgan. SHuningdek, o'sha Mundialning ilk goliga mualliflik qilgan. Evro-2008 kumush medali sohibi. Yarim finalda Turkiya terma jamoasi darvozasiga gol kiritgan va "nemis mashinasi"ni finalga yo'llanma olishiga o'zining katta hissasini qo'shgan. JCH-2010 bronza medali sohibi. 2014 yilgi JCHda g'olib bo'lganidan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini malum qilgan.



SHaxsiy hayoti

2010 yilning 13 iyulida u JCHdan qaytganidan so'ng dugonasi Klaudiya SHattenbergga uylanadi. To'y Myunxendan 25 km uzoqlikdagi Aying shaharchasida bo'lib o'tgan. Ushbu marosimga shahar meri Yoxann Ayxler tashrif buyurgandi.

2012 yilning avgustida esa juftlik o'g'illik bo'ladi. CHaqaloqqa Yulian deb ism qo'yadilar.

Erishgan yutuqlari

Jamoaviy

"Bavariya"

Germaniya chempioni (9): 2003, 2006, 2008, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017.

Germaniya kubogi sohibi (7): 2003, 2006, 2008, 2010, 2013, 2014, 2016

Germaniya ligasi kubogi sohibi: 2007

Germaniya superkubogi sohibi: 2010, 2012, 2016.

UEFA CHempionlar ligasi g'olibi: 2012/13

UEFA CHempionlar ligasi finalchisi: 2009/10, 2011/12.

UEFA superkubogi sohibi: 2012/13

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi: 2013


Terma jamoada:

Germaniya

JCH bronza medali sohibi: 2006

JCH bronza medali sohibi: 2010

Evropa chempionati kumush medali sohibi: 2008

Evropa chempionati bronza medali sohibi: 2012

Jahon chempioni: 2014


Vikipediya malumotlari asosida tayyorlandi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика