Kibersport. “Sirojiddin Sayfievga bag'ishlab “UZ Arena” turnir o'tkazdi”
20 may 2017 19:50
Yangiliklar
Kibersport. “Sirojiddin Sayfievga bag'ishlab “UZ Arena” turnir o'tkazdi”
Xabaringiz bor, bundan bir necha oy oldin Samarqandning "Dinamo" klubi sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiev og'ir xastalikka chalingandi. Bundan xabar topgan barcha futbol muxlislari va mutasaddilari Sirojiddinga yordam berish uchun qo'llaridan kelgan yordamni ayamadi. O'zbekiston virtual sport o'yinlari kiberfutbol Federaciyasi ham mana shu akciyaga o'z xissasini qo'shishni istadi va muxlislar klubi bilan birgalikda kichik musobaqa o'tkazishdi rejalashtirishdi.
Ushbu turnirda “Barcamania Tashkent”, “Madridista Uzbekistan”, “Mancunian Reds”, “Munchen Stars”, “ScousersUZ”, “UZ Arena”, “Chelsea” muxlislar klubi va kibersport Federaciyasi xodimlari ishtirok etishdi. Ushbu musobaqadan tushgan mablag' Sirojiddin Sayofievga taqdim etiladi.
Turnirda birinchi o'rinni “Mancunian Reds”, ikkinchi o'rinni “Barcamania Tashkent” va uchinchi o'rinni “ScousersUZ” (“Liverpul”) klubi muxlislari qo'lga kiritishdi.
Fikrlar