Kibersport. Sanjar finalga O'zbekiston bayrog'i bilan keldi va jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi
09 sen 2019 13:35
Yangiliklar
Kibersport. Sanjar finalga O'zbekiston bayrog'i bilan keldi va jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi
Kecha, 8 sentyabr kuni Counter-Strike Global Offensive o'yini bo'yicha jahon chempionati finali bo'lib o'tdi.
Finalda Daniyaning "Astralis" va Qozog'istonning "Avangar" jamoalari to'qnash keldi. Eng qizig'i - qo'shnilarimiz jamoasida o'zbekistonlik Sanjar Kuliev (SANJI) o'ynaydi. Hamyurtimiz final to'qnashuviga O'zbekiston bayrog'ida tashrif buyurdi.
Finalgacha bir qator nomdor klublarni taslim etgan "Avangar" katta turnirlardagi tajribasi kamligi tufayli finalda daniyaliklarga taslim bo'ldi. G'olib jamoa mukofot jamg'armasi 1 mln. dollar bo'lgan turnirda 500 ming dollar bilan uyga qaytdi. Qozog'iston jamoasi 150 ming dollarga ega bo'ldi.
Fikrlar