So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Kibersport. Dota 2 bo'yicha norasmiy jahon chempionati yakunlandi Yangiliklar

Kibersport. Dota 2 bo'yicha norasmiy jahon chempionati yakunlandi

Teglar :  KibersportDota 2
Kanada poytaxti Vankuver shahrida joylashgan "Rojers Arena"da 20-25 avgust kunlari Dota 2 o'yini bo'yicha norasmiy jahon chempionati - The International 2018 turniri bo'lib o'tdi.

O'z bag'riga 19 ming muxlisni sig'dira oladigan arena 6 kun davomida ishqibozlar bilan deyarli to'ldi. Sovrin jamg'armasi 25,5 mln dollardan ortiq bo'lgan musobaqada dunyoning barcha burchaklaridan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etishdi. Har yili o'tkaziladigan The International Dota 2 bo'yicha dunyoning eng yirik turniri hisoblanadi. Musobaqa guruh bosqichida 18ta jamoa qatnashdi.


Team Liquid (Evropa), Evil Geniuses (AQSH), PSG.LGD (Franciya, Xitoy), OG (Evropa), Fnatic (Buyuk Britaniya, Malayziya), VGJ.Thunder (Xitoy), Mineski (Filippin), FlyToMoon.Winstrike (Rossiya), Invisctus Gaming (Xitoy), VGJ. Storm (AQSH), Virtus.pro (Rossiya), Team Secret (Evropa), Optic Gaming (AQSH), Newbee (Xitoy), TNC Predator (Filippin), Team Serenity (Xitoy), Vici Gaming (Xitoy), paiN Gaming (Braziliya).

Evil Geniuses jamoasi safida Toshkentda dunyoga kelgan Artur Babaev (Arteezy) o'ynaydi.

18 ta jamoa 9tadan ikki guruhga bo'lindi va har bir guruhda kuchli sakkiztalikka kirganlar keyingi bosqichga yo'l olishdi.

Guruhda kuchli to'rtlikka kirganlar g'oliblar to'rida, pastki to'rtlikdagilar esa mag'lublar to'rida turnirni davom ettirishdi. Hamyurtimiz Artur Babaev jamoasi musobaqani 3-o'rin bilan yakunladi. 2018 yilning 18 aprelida PSJ bilan shartnoma imzolagan PSG.LGD esa turnir vice-chempioniga aylandi. Tarkibida The International 2018 musobaqasigacha bor-yo'g'i 6 ming dollar ishlagan o'yinchi bor OG esa chempion bo'ldi. Pley-off bosqichida fantastik o'yin ko'rsatgan evropaliklar finalda xitoyliklardan iborat bo'lgan PSJ kibersport klubini 3:2 hisobida taslim etdi va musobaqaning asosiy sovrini AEGIS (qalqonni qo'lga kiritdi).





Mukofot pullari

The International 2018 g'olibi uyiga 11 mln 234 ming dollar bilan qaytdi. PSJ hisobiga esa 4 mln dollar o'tkazib berildi. Artur Babaev jamoasi (Evil Geniuses) 2 mln 680 ming dollarga ega chiqishdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика