So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  152 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Kiberfutbol. “Madridista Uzbekistan” kecha “UzArena”da o'zining 2 yilligini nishonladi (1-qism) Yangiliklar

Kiberfutbol. “Madridista Uzbekistan” kecha “UzArena”da o'zining 2 yilligini nishonladi (1-qism)

Kecha O'zbekiston kiber futbol Assosiaciyasiga qarashli “UzArena”da o'ziga xos tadbir bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Madridning “Real” klubi ishqibozlari yani “Madridista Uzbekistan” fan klubining ikki yilligi nishonlashdi.


Yurtimizning bir qator taniqli kishilari ushbu tadbirda mehmon bo'lishdi.







Bulardan tashqari tadbirda “Barselona”ning O'zbekistondagi “Barsamaniya” fan klubi azolari ham mehmon bo'lishdi.


Tadbirni "Avtoradio Hamroh" boshlovchisi Dj Rustambek olib borgan bo'lsa, taniqli sport jurnalisti, ustozimiz Mirzahakim aka To'xtamirzaev kiber futbol o'yinini sharhlab bordilar.


Bundan tashqari mehmon sanatkorlardan “Ajabxanda” ko'rsatuvi ijodkorlari Iskandar Hamroqulov va Orif Sultonov muxlislarga bir chimdim kulgu taqdim etdi. Ularga esa Samandar Hamroqulov hamrohliq qildi va chiroyli qo'shiq bilan barchani saxnaga taklif qildi.


Bundan tashqari “kiberfutbol” ligasida ishtirok etayotgan rep yo'nalishidagi xonada SHahriyor ham tadbirda faol ishtirok etdi.


Ushbu tadbirni tashkil etishda O'zbekiston kiberfutbol Assosiaciyasi prezidenti Azizbek Pattaxov jonbozlik ko'rsatdi.


Assosiaciya prezidenti avval ushbu tadbir sababchisi “Madridista Uzbekistan” fan klubini ikki yilligi bilan taqdirladi va kiberfutbolni O'zbekistonda rivojlantirish haqida o'z fikrlarini bildirdi.


“Avvalambor “Madridista Uzbekistan” fan klubini tashkil topkaniga ikki yil to'lgani bilan tabriklayman. Mana shunday tadbir “UzArena”da tashkil etilganidan va bizning taklifimizga yo'q demay tadbirga tashrif buyurgan barcha mehmonlarga katta rahmat aytaman. Ushbu  tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad, O'zbekistondagi “Barselona” va “Real Madrid” klubi muxlislarini yani “Madridista Uzbekistan” va “Barsamaniya” fan klubi azolarini bilan o'zaro do'stlik rishtalarini bog'lashdan iborat edi. Mana shu do'stlik rishtalari kechadan boshlab bog'landi. Nasib qilsa el-klassiko bahslarini “Barsamaniya” va “Madridista Uzbekistan” fan klubi azolari birgalikda tomosha qilishadi. Bunda, ikkala tarafdan ham hech qanday xaqoratli so'zlar va kamsitishlarga yo'l qo'yilmaydi. Aksincha, mag'lub jamoa g'olib jamoani g'alaba bilan tabriklashadi. Bizning eng asosiy maqsadimiz O'zbekiston futbolining rivoji uchun o'z xissamizni qo'shish”, - deydi Assosiaciya prezidenti Azizbek Pattaxov.


DAVOMI BOR...

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика