Kiberfutbol. JCH yo'llanmasi “Bunyodkor”da
30 sen 2016 17:39
Yangiliklar


Kiberfutbol. JCH yo'llanmasi “Bunyodkor”da
29 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida kiberfutbol bo'yicha jahon chempionati saralash uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Avvaliga 72ta ishtirokchi jamoa 8ta guruhga 9tadan joylashtirildi. Keyin natijalarga qarab yuqori o'rinlarni egallagan qatnashchilar “pley-off” bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi.
Qiziqarli va murosasiz o'tgan uchrashuvlarda “Bunyodkor” jamoasi vakili Muhammadamin Turg'unboev (niki Ali_Bebeto) barcha raqiblarini mag'lub etgan holda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi va shu yilning 27-31 oktyabr kunlari Franciyaning Parij shahrida bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga O'zbekiston uchun ajratilgan yagona yo'llanmaga ega chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar