So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  18 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  74 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

Keyrushning Erondagi missiyasi tugadi, keyingi manzil qaer? Yangiliklar

Keyrushning Erondagi missiyasi tugadi, keyingi manzil qaer?

SHunday qilib etti yillik faoliyatdan so'ng Karlush Keyrush Eron terma jamoasini tark etadigan bo'ldi.

Portugaliyalik murabbiy 2011 yilning 4 aprel sanasida Eron terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Uning ilk shartnomasi ikki yarim yilga mo'ljallangan bo'lib, dastlabki vazifa sifatida forslarni JCH-2014ga olib chiqish qo'yilgandi.

Vazifa bajarilgach shartnoma yangilandi va qarabsizki bir jamoani boshqarish etti yildan sal ko'proq davom etdi. SHuni aytish lozim, Keyrush bungacha hech qaerda ikki yildan ko'p ishlamagandi.  

O'tgan vaqt mobaynida Keyrush qo'l ostida asli eronlik futbolchilardan tashqari nemis eroniy Daniel Davari, Ashkan Dejaga, golland eroniy Rizo Guchannajod, shved eroniy Umid Nazariy, Saman Goddos va amerikalik eroniy Stiven Bentashur kabi futbolchilar to'p tepishga muvaffaq bo'ldilar.

O'tgan etti yil ichida Eron termasi Kerush boshchiligida uchta yirik musobaqada ishtirok etdi. JCH-2014, Osiyo Kubogi-2015 va JCH-2018. Eronliklarning ayniqsa hozir davom etayotgan jahon chempionatidagi o'yinlari ko'pchilikning olqishiga sazovor bo'ldi. Garchi jamoa guruhdan chiqa olmagan bo'lsa-da, Marokash, Ispaniya va Portugaliyaga qarshi chiroyli o'yin namoyish etib berdi. Bir so'z bilan aytgan, Eron Osiyo yuzini erga qaratmadi.

Keyrush boshqargan davrda Eron Osiyo Kubogida zafar qucha olmadi, ular guruhdan chiqishni uddalashdi-yu, biroq chorak finalda Iroq bilan kechgan o'yinda penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub bo'lishdi. Ammo aynan shu murabbiy qo'l ostida terma jamoa bir qadam oldinga tashladi deya olamiz.

Uning uchun JCH-2018dan o'rin olgan Portugaliyaga qarshi bahs Eron termasi bosh murabbiyi sifatidagi oxirgi o'yin bo'lib qoladi. Boshqa bir jamoa bilan o'z Vatani termasiga qarshi to'p tepish hamma murabbiyga ham nasib etavermaydi. SHu bois Keyrush oxirgi o'yinini hali ko'p eslab yuradi.

Karlush Keyrush may oyida bergan intervyusida jahon chempionatida qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar Eron bilan xayrlashishini aytib o'tgandi. Unga Eron futbol federaciyasi tomonidan olti oylik shartnoma taklif qilingandi, biroq murabbiy bunga ko'nmadi. CHunki u kamida ikki yillik shartnoma bo'lishini xohladi.

Hozirda ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol esa Keyrushning keyingi manzili qaer bo'lishi. O'zining aytishicha, unga Osiyo va Afrikadan jiddiy qiziqish bo'lgan va JCH yakuniga etganidan so'ng mana shu takliflarni o'ylab ko'rishini aytgan. Agar ikkalasi ham o'xshamasa unda Evropaga qaytib ketaman degan.

Sir emas, Keyrushning xizmatlariga jiddiy qiziqib qolganlar orasida biz ham bormiz. Ammo uning O'zbekiston terma jamoasiga kelish-kelmasligi hali malum emas. Qolaversa, Keyrush katta pul so'raydigan murabbiylar sirasiga kiradi, bunga esa O'FA tayyormi-yo'qmi, buniyam bilmaymiz. SHunday ekan, hozircha voqealar rivojini kutishdan o'zga chora yo'q.

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика