Keyrush Qatar hamda Xitoyga qarshi o'yinlar uchun tarkibni elon qildi
28 avg 2016 11:51
Yangiliklar
Keyrush Qatar hamda Xitoyga qarshi o'yinlar uchun tarkibni elon qildi
Eron terma jamoasining 1 sentyabr kuni Qatar hamda 6 sentyabr kuni Xitoyga qarshi o'yinlariga jami 24 nafar futbolchi taklif etilgan. Eron terma jamoasi himoyachisi Xusro Haydari hamda terma jamoa hujumchisi Rizo G'uchannajod jarohati bois, terma jamoaning dastlabki ikki o'yinini o'tkazib yuboradilar.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasining saralash bosqichidagi raqibi hisoblangan Eron terma jamoasi, Italiyadagi yig'inini yakunladi va ayni kunlarda Tehron shahrida rasmiy o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Eron terma jamoasi saralash bosqichidagi ilk o'yinini 1 sentyabr kuni o'z maydonida Qatar terma jamoasiga qarshi o'tkazsa, 2-tur o'yinini 6 sentyabr kuni safarda Xitoyga qarshi o'tkazadi.
Eron terma jamoasining Qatar hamda Xitoyga qarshi o'yinlar uchun tarkibi:
Darvozabonlar:
Alirizo Hagigiy (“Maritimo”, Portugaliya)
Alirizo Bayranvand (“Persepolis”, Eron)
Muhammadrizo Akbariy (“Traktorsoziy”, Eron).
Himoyachilar:
Jalol Husayniy (“Persepolis”, Eron)
Ehson Hojisafiy (“Sepahon”, Eron)
Pejman Montazariy (“Al Ahli”, Qatar)
Vuriya G'ofuriy (“Istiqlol”, Eron)
Murtazo Puraliganjiy (“Al Saad”, Qatar)
Ramin Rezayan (“Persepolis”, Eron)
Sayid Ageyi (“Traktorsoziy”, Eron)
Muhammad Ansoriy (“Persepolis”, Eron)
Milad Muhammadi (“Terek”, Rossiya)
Yarim himoyachilar:
Andranik Teymuryan (“Moshinasoziy”, Eron)
Ashkan Dejega (“Al Arabi”, Qatar)
Masud SHojayiy (“Panionios”, Greciya)
Alirizo Jahonbahsh (“Az Alkmaar”, Gollandiya)
Omid Ibrohimi (“Istiqlol”, Eron)
Vohid Amiri (“Persepolis”, Eron)
Mehdi Turobiy (“Saypa”, Eron)
Sayid Izzatullohiy (“Rostov”, Rossiya)
Dariush SHojaeyan (“Gustaresh Fulad”, Eron)
Hujumchilar:
Karim Ansorifard (“Panionios”, Greciya)
Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya)
Mehdi Taremi (“Persepolis”, Eron).
Fikrlar