Keyrush istefoga chiqishi mumkin
25 iyu 2018 16:08
Yangiliklar
Keyrush istefoga chiqishi mumkin
Eron futbol federaciyasi Sven-Yoran Eriksson bilan muzokaralar olib bormoqda.
"Goal" xabariga ko'ra, shveciyalik mutaxassis yaqin kunlarda Eron termasi bosh murabbiyligini o'z qo'liga olishi kutilmoqda.
70 yoshli Eriksson "Benfika", "Roma" va "Lacio", shuningdek, Angliya termasida faoliyat olib borgan. U so'nggi 5 yilda Xitoy jamoalarida ishladi.
Eron termasining ayni damdagi bosh murabbiyi Karlush Keyrushning shartnomasi JCH yakunigacha mo'ljallangandi.
Fikrlar