So’nggi yangiliklar

22:17"Реал" УЕФА Суперкубоги учун бошланғич таркибини эълон қилди. Мбаппе асосий таркибда!  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  1 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  0 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  0 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 21:07ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  6 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  5 19:55Про-лига. "Дўстлик" "Олимпик Mobiuz" устидан ғалаба қозонди  1 19:35"Ал Қодисия" навбатдаги юлдуз футболчи билан келишувга эришди  7 19:15Olamsport: Баҳодир Жалолов ўзидан кейинги чемпион номини айтди, яна бир ўзбек спортчиси UFC билан шартнома имзолади  0 18:31Суперлига. 16-тур ўйинларини бошқариб борадиган ҳакамлар маълум  3 17:56"Атлетико" тўхтамаяпти, улар энди "Барселона" футболчиси билан келишиб олишди  4 17:14Равшан Эрматовга ҳамдардлик билдирамиз  16

Keyrush: “Bizning guruh favoritlari - Janubiy Koreya va Qatar” Yangiliklar

Keyrush: “Bizning guruh favoritlari - Janubiy Koreya va Qatar”

Teglar :  Karlos KeyrushEron
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Keyrush Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati-2018 uchinchi saralash bosqichiga tashlangan qura natijalari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Takidlash kerakki, biz teng kuchga ega bo'lgan jamoalardan iborat guruhdan joy oldik. Raqobatchi jamoalar darajasi nuqtai nazaridan ham, parvozlar nuqtai nazaridan ham guruhimiz ancha mo'taqillashgan. SHuning uchun ham, hech kimda qura natijalari borasida etiroz bo'lmasa kerak”, - deya so'z boshladi portugaliyalik mutaxassis.

“Ikkinchidan, bizda 2014 yilgi jahon chempionati saralashining ushbu bosqichida jamlangan jamoalardan tuzilgan va unga bu safar Xitoy qo'shilgan “rimeyk” guruh tarkib topdi. Xitoy bilan bu guruh o'sha, avvalgi mundial saralashidagidan ko'ra ancha kuchliroqqa aylandi. Menimcha, bizning guruh favoritlari - Janubiy Koreya va Qatar. “B” guruhida Avstraliya va Yaponiya yaqqol favorit hisoblansa, bizda - mana shu ikki jamoa”.

Eron, O'zbekiston va Xitoy esa Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun bir xil imkoniyatga ega, deb o'ylayman. Biz Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya Jahon chempionating doimiy ishtirokchisi ekaniga ko'nikib qolganmiz. Qolgan bir yo'llanma uchun esa 7-8 jamoa o'zarov kurash olib boradi. O'ylashimcha bu kurash juda murakkab va qiziqarli bo'ladi. CHunki Osiyoda ham barcha futbol o'ynashni o'rganib oldi va faqat o'yinga yuz foiz tayyor holda etib kelgan jamoalar g'alabani qo'lga kiritadi. Yana bazan shunday bo'ladiki, sen o'yinni maydonda emas, maydondan tashqarida ham boy berib qo'yishing mumkin, agar uzoq parvozlar bo'lsa. Bizning guruhda unday muammo bo'lmaydi, menimcha”.

63 yoshli mutaxassis raqiblar haqida alohida to'xtalib o'tib, ularning kuchli jihatlarini ko'rsatib o'tdi.

“Biz barcha raqiblarimizni hurmat qilamiz. Ular haqida to'xtaladigan bo'lsak, aytish joizki, Janubiy Koreya xorij chempionatlarida, ayniqsa Evropaning kuchli chempionatlarida o'ynaydigan mahoratli futbolchilar bor. SHu sababdan ham ularga qarshi o'ynash, ularni mag'lub qilish juda qiyin bo'ladi. Qatar esa so'nggi vaqtlarda futbol rivoji yo'lida katta mablag' sarflayapti va ularda sohaning eng kuchli mutaxassislari ish olib boryapti. Ularga qarshi o'yin ham murakkab kechishi aniq. Xitoy o'z tarkibini ancha yoshartirgan va bu safar Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishni juda istayapti.

Umuman olganda, bu raundda hech bir o'yin oson o'tmaydi. Lekin Janbuiy Koreya, O'zbekiston va Qatar bilan o'yinlar ayniqsa og'ir kechishini tan olish kerak. SHu bilan bir paytda, Xitoyni ham hisobdan chiqarib tashlash yaramaydi. Ularda yosh, g'alabaga sanqoq jamoa yig'ilgan va ular istalgan vaqtda, har qanday favoritni engib qo'yishi mumkin.

Raqiblar haqidagi fikrlarimni, Suriya to'g'risidagi izoh bilan yakunlamoqchiman. Avvalambor, men Suriya xalqini, terma jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarni yakuniy bosqichga yo'l olganliklari bilan tabriklayman. Biz ushbu mamlakatda nimalar bo'layotganini yaxshi bilamiz. SHunga qaramay ular mana shu ergacha etib kelishdi. Bu esa yuksak hurmatga sazovor ish”, - deya Eron terma jamoasi bosh murabbiyi o'z fikrlariga yakun yasadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика