Keyn: “Turnir jadvalining eng yuqorisida bo'lish yaxshi, ammo...”
22 noy 2020 09:45
Yangiliklar


Keyn: “Turnir jadvalining eng yuqorisida bo'lish yaxshi, ammo...”
“Tottenhem” forvardi Garri Keyn APL 9-turi doirasida “Manchester Siti” ustidan (2:0) qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
Ushbu bahsdagi g'alabadan keyin “shporlar” APL turnir jadvalida karvonboshiga aylanishdi.
“APL turnir jadvalida peshqadamga aylanish judayam yoqimli. Biz may oyi so'nggiga qadar shu joyda qola olsak, yanada yaxshi bo'ladi, albatta. Biz oldimizda qiyin yo'l turganini bilamiz. Biroq sen birinchi pog'onaga ko'tarildingmi, bu barcha ishni to'g'ri bajarayotaningdan dalolat beradi.
Biz oldimizda turgan muhim bahslarda ham o'zimizga ishonib to'p tepishimiz lozim. “Manchester Siti” to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishini bilardik, shunga qaramay gol urish uchun imkoniyatlar bo'lishini tushunib turgandik”, deya Keynning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar