Keyn "Tottenxem" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

Omonjon To`xtamirzayev
12 iyul 2023, 11:27
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda angliyalik futbolchi shu yozdayoq "Bavariya" safiga borib qo'shilmoqchi. Myunxenliklar forvard transferi bo'yicha uchinchi taklifni tayyorlashmoqda. "Shporlar" futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishgan, lekin Keyn hamkorlik muddatini uzaytirishni istamagan. 

Eslatib o'tamiz, Keynning "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS