Keyn stadionni qo'ltiq tayoqda tark etdi
10 apr 2019 10:45
Yangiliklar


Keyn stadionni qo'ltiq tayoqda tark etdi
"Manchester Siti"ga qarshi CHempionlar ligasining 1/4 final o'yinida jarohat olgan "Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn stadionni qo'liq tayoqda tark etdi.
Forvard 56-daqiqada Fabian Delf bilan kurashda jarohat oldi.
Futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va uning safga qaytish muddati malum bo'ladi.
25 yoshli Keyn "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum APLning 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 17ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.
"Manchester Siti" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 aprel kuni Manchesterda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar