Keyn: "Sautgeyt - Angliya tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri"

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2024, 19:13
Xarri Keyn Garet Sautgeytni Angliya terma jamoasining eng muvaffaqiyatli murabbiylaridan biri deb atadi.

Bugun inglizlar Evro-2024 chorak finalida Shveytsariyaga qarshi maydonga tushishadi.

Bu bahs Garet Sautgeyt uchun Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida 100 o'yin bo'ladi.

"To'g'ri, boss vaqti-vaqti bilan tanqid ostida qoladi. Ammo oxir oqibat faqat biz maydonga chiqamiz.

Murabbiy bizga ko'p narsa bera oldi. U Angliya tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Shu sababli maydonga chiqib, unga minnatdorchilikni natija orqali aytishimiz kerak" - dedi terma jamoa sardori.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail