Keyn bir klub safida eng ko'p gol urish bo'yicha Premer-liga rekordini takrorladi Yangiliklar

Keyn bir klub safida eng ko'p gol urish bo'yicha Premer-liga rekordini takrorladi

Angliya Premer-ligasining 2-tur markaziy uchrashuvi "CHelsi" va "Tottenxem" o'rtasidagi London derbisi yakunlandi.

O'yin davomida ikki marotaba ortda borayotgan "shporlar" har ikkala holatda ham hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Ikkinchi golni hujumchi Xarri Keyn amalga oshirdi.

Keyn uchun bu gol "Tottenxem" tarkibida Angliya Premer-ligasidagi 184-gol bo'ldi. Bu natija bilan u bir klub tarkibidagi gollar soni bo'yicha Premer-liga rekordini takrorladi. Hozirda Keyn argentinalik Serxio Aguero bilan tenglashib turibdi, Aguero "Manchester Siti" safida 184 ta gol urgan, ammo yana bir gol Xarrini peshqadamga aylantiradi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика