Keyn Angliyaning JCHdagi imkoniyatlari haqida gapirdi
23 may 2018 00:55
Yangiliklar


Keyn Angliyaning JCHdagi imkoniyatlari haqida gapirdi
Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyinning fikricha, jamoasi JCH-2018 da g'olib chiqishga qodir.
“O'ylashimcha, Angliya terma jamoasi jahon chempioni bo'la oladi. Albatta, biz turnir favoriti emasligimizni bilamiz. Ammo bu ajoyib mavsumga bir qarang: “Liverpul ECHL finaliga qadar etib borishini kim kutgandi? Lekin ular buni uddalashdi.
Angliya yosh futbolchilardan tashkil topgan jamoa, bu bizning foydamizga ishlashi mumkin. Bizga o'zimizga bo'lgan ishonch lozim. JCHda yaxshi jamoalar to'p tepishadi, biz ham albatta ularga qarshilik ko'rsatishga urinamiz. O'ylashimcha, g'olib chiqishga qurbimiz etadi”, deya Keyinning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar