Keyn Agueroning rekordini yangiladi
20 avg 2022 21:35
Yangiliklar


Keyn Agueroning rekordini yangiladi
"SHporlar" hujumchisi Angliya chempionatining 3-tur uchrashuvida gol urdi.
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda jamoasiga g'alaba olib keldi (1:0). Endilikda uning hisobida 185 ta gol bor.
Keyn bitta klub uchun gol urish bo'yicha Premer-liga rekordini o'rnatdi. Avvalroq bu natija "Manchester Siti" safida 184 ta gol urgan Serxio Agueroga tegishli edi.
29 yoshli Keyn "Tottenxem" akademiyasini tamomlagan. Umumiy hisobda u asosiy tarkibda 282 ta o'yin o'tkazib, 185 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar