So’nggi yangiliklar

00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:50АҚШдаги қонун Месси ва Альбага келганда ишламади  0 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2

PFL: Keyingi yil shartnomalar masalasi jiddiy nazoratda bo'ladi Yangiliklar

PFL: Keyingi yil shartnomalar masalasi jiddiy nazoratda bo'ladi

Teglar :  PFL
Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun klublarni licenziyalash talablariga jiddiy etibor qaratadi.

Bunda tashkilot birinchi navbatda klublarning futbolchi va murabbiylar bilan tuziladigan shartnomalariga o'z etiborini qaratadi.

Yillar davomida ayrim klublar bosh murabbiyni istefoga chiqarsa, uning ortidan bir qator futbolchilar ham jamoani tark etib kelgan. Klublar futbolchilar bilan shartnomalar masalasiga jiddiy etibor qaratmagan. Ayrim holatlarda futbolchilar klubdan o'z haqlarini ola bilmagan, bazida esa aksincha, futbolchilar o'zboshimchalik bilan klublarni tark etgan. SHu yilning o'zida PFL bu kabi yuzdan ziyod mojaroli vaziyatlarni o'rganib chiqishga majbur bo'ldi.

2019 yildan bu kabi ishlarga barham beriladi. SHartnomalar tuzishda murabbiy tasir kuchiga ega bo'lishi mumkin, biroq uning bekor bo'lishi, o'zgarishi, moliyaviy tomonlari yoki murabbiyning chekiga tushmaydigan boshqa bandlariga ular aralashmaydi, murabbiylar o'z funkciyalari uchun javob beradi. SHu maqsadda PFL davlat korxonalari, hokimliklar va davlat ulushi bo'lgan kompaniyalar tomonidan moliyalashtiriladigan futbol klublariga FIFA talablari asosida ishlab chiqilgan bir xil ko'rinishdagi shartnomalar tarqatadi. Klublarning futbolchi va murabbiylar bilan tuzilayotgan shartnomalari qanchaga mo'ljal qilingani borasidagi malumotlar barcha uchun ochiq bo'ladi. SHartnomalarning buzilish holatlari PFL tomonidan jiddiy nazorat qilinadi.  

Undan avval esa PFL klublari uchun mazkur masala yuzasidan seminar o'tkaziladi. Malumki, har yili yangi qoidalar, nizomlar amaliyotga tadbiq etilmoqda. Zamonaviy futbolning o'sishi bilan birgalikda, uning atrofidagi yuridik jihatlar ham mos ravishda ildamlamoqda.

Professional klublar hamda futbolchilar o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari har doim ham futbol qoidalari va normativlariga to'la javob beravermasligidan kelib chiqib, mavjud muammolarni bartaraf etish, o'zbek futbolida yuridik talab-qoidalarning ustuvorligini taminlash, huquqiy bazaning ishlashiga erishish maqsadida O'FA tomonidan 18 noyabr kuni maxsus seminar tashkil etiladi.  

Seminarda Superliga va Pro-liga klublarining sport direktorlari, licenziyalashtirish bo'yicha menejerlar ishtirok etib, sohadagi so'nggi yangiliklar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishadi. O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig'i bilan tashkilotning xavfsizlik masalalari bo'yicha bo'limi mutaxassislari Sanat SHaripov bilan birgalikda sentyabr oyida Moskvada bo'lib, yuqoridagi masala bo'yicha bir qator uchrashuvlar o'tkazgandi. 18 noyabr kungi seminarda endilikda Rossiya futbol ittifoqining huquqiy masalalar bo'yicha masul shaxslari maruza o'qiydi. Bu orqali mutaxassislarda seminar mavzu va mohiyatini tushunishda til borasida muammo bo'lmaydi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика