Keyin 2017 yilda 53 ta gol urdi. U Messiga etib olishi mumkin
24 dek 2017 03:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/295834_original.jpg)
![](/upload/storage/295834_220.jpg)
Keyin 2017 yilda 53 ta gol urdi. U Messiga etib olishi mumkin
“Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn APL 19-turida “Bernli”ga (3:0) qarshi bellashuvda xet-trik qayd etdi.
Bu bilan londoliklar hujumchisi 2017 yilda APLda 36ta, yil davomida jami gollari sonini 53 taga etkazdi.
24 yoshli hujumchi yil davomida kiritgan gollari bilan Krishtianu Ronaldu, Edinson Kavani va Robert Levandovskiga etib oldi. Barcha futbolchilar hisobida 2017 yilda 53 tadan gol mavjud. Faqatgina Lionel Messi ushbu yilda 54 ta gol urishning uddasidan chiqqan. Ammo Keynda “Barselona” hujmchisiga etib olish imkoniyati mavjud. Sababi “shporlar” 26 dekabr kuni “Sautgempton” bilan kuch sinashishadi. Ushbu ruyxatdagi futbolchilar 2017 yil hisobidan boshqa rasmiy o'yinlarda maydonga tushishmaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar