Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”da qoladi
23 dek 2020 08:57
Yangiliklar
Yarim himoyachi Kevin de Bryuyne tez orada “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma tuzadi. 29 yoshli futbolchining yangi kelishuvi 2025 yilga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Kevin 2015 yildan beri “shaharliklar” safida harakat qilib keladi. Uning amaldagi bitimi esa 2023 yilga qadar tuzilgan. De Bryuyne joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 16 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar