Kevin de Bryuyne ECHLdan ko'ra APLni ustun ko'rdi
06 mar 2022 14:32
Yangiliklar
Kevin de Bryuyne ECHLdan ko'ra APLni ustun ko'rdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne ECHLdan ko'ra APLdagi chempionlikni ustun ko'rdi.
"Tanlov imkoniyati bo'lsa, APLni ustunroq ko'rgan bo'lardim. CHunki ligadagi g'alaba jamoaning barqarorligidan va mavsum davomidagi mehnatlaridan dalolat.
ECHLda esa o'yinlar kam va alohida vaziyatlarda ustunlik qilsa bo'lgani. Boshqa bir jihatdan olib qaralsa, ECHL lotereyadek gap.
Faoliyatimdagi sovrinlar ham anchagina. Ammo shunday afsonaviy futbolchilar borki, ular ECHL sovrinini qo'lga kiritishmagan. Faoliyatini yakunlaganidan keyin esa bundan qattiq afsuslanishgandi.
Ammo hayot doim ham siz o'ylaganchalik muvaffaqiyatli kechmaydi. Bazida pasayishlardan ham dars olish kerak", - dedi yarim himoyachi.
Fikrlar