Ketma-ket ikki turdan buyon mag'lub bo'layotgan "Neftchi" "Yangier" ustidan g'alaba qozonib peshqadamlikni qaytarib oldi
13 iyu 2021 22:37
Yangiliklar
Ketma-ket ikki turdan buyon mag'lub bo'layotgan "Neftchi" "Yangier" ustidan g'alaba qozonib peshqadamlikni qaytarib oldi
Pro-liganing 10-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Yangier" to'qnashuvining ushbu vaqtga boshlanishi maydonda to'p tepish va stadionda futbol tomosha qilish uchun qulay vaqt hisobladi. Kutilganidek "Istiqlol" stadioniga ko'plab futbol muxlislari tashrif buyurishdi.
Sarlavhada aytib o'tilganidek, "Neftchi" o'tgan turlarda turnir jadvalidagi eng yaqin taqibchilariga imkoniyat boy berib qo'ygandi - "Buxoro" (2:0), "Olimpik" (3:0). SHu sababdan Ilhom Mo'minjonov shogirdlarining bugungi o'yinda g'alaba qozonishdan boshqa yo'llari yo'q edi. CHunki o'yinga qadar ushbu turda aynan "Buxoro" va "Olimpik" g'alaba qozonishgan va turnir jadvalida "Neftchi"ni quvib o'tishgandi. O'yin afishasining ortishiga bo'lgan jihatlardan biri har ikki jamoa bosh murabbiylari - Ilhom Mo'minjonov va Azamat Abduraimovlar qarama-qarshiligi edi. Bu erda o'zaro principiallik haqida gap ketayotgani yo'q. "Neftchi" Pro-liganing 2-turida "Yangier"ni safarda 3 ta to'p farqi bilan yutgandi. Kuchli tarkibga ega bo'lgan Farg'ona jamoasiga qarshi Azamat Abduraimov qanday rang-baranglik taqdim eta bilishiga futbol olamida yurgan insonlar shunchaki befarq emasdilar. Har ikki murabbiy ham avval Superliga klublarida ishlagan, o'zaro to'qnash ham kelishgan, bu ham o'yinning o'ziga xos yana bir afishasi edi. Xullas, stadionda maroq bilan ko'rishga arziydigan zo'r o'yin.
O'yin boshidanoq vaziyatni tushunib farg'onaliklar katta kuch bilan oldinga o'ta boshladilar. So'ngi o'yinlardagi harakatlari orqali murabbiy tanqidiga uchragan jamoaning yarim himoya va hujum chizig'i vakillari uchrashuvning kirish qismidanoq ketma-ket hujumlar tashkil etgan xolda g'alaba sari intildilar. O'z navbatida tarkibida bir qator legioner va nomdor futbolchilari bo'lgan "Yangier" ham bugungi o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rgani, ular Farg'onaga osonlikcha taslim bo'lish uchun kelmaganliklari sezilib turardi. O'yin davomida Azamat Abduraimov boshchiligidagi "Yangier" maydon egalarini qarshi hujumda ushlashga harakat qilgan bo'lsa, "Neftchi" yarim himoya va hujum chizig'i vakillarining faolligi evaziga yuqori pressing uslubidan foydalandi. Birinchi bo'lim maydon egalarining ustunligi ostida o'tgan bo'lsa-da, "Yangier" vakillari bir qator xavfli vaziyatlarga ega bo'lishdi. Birinchi bo'limdagi golni o'tgan mavsumda kashfiyot futbolchilardan biri hisoblanayotgan, bu "Neftchi"ning yangilangan tarkibida negadir zaxirada qolib ketayotgan yosh himoyachi Umar Adhamzodaning uzatmasidan so'ng Pro-liga to'purari Marko Obradovich kiritdi. SHuni takidlash joiz, bugungi bahsda "Neftchi" chap qanot futbolchilarining faolligi evaziga bir necha bor qulay vaziyatlarga ega bo'ldi.
Ikkinchi bo'limda Azamat Abduraimov shogirdlari faollikni oshirishdi. Tanaffusda bosh murabbiy tomonidan tegishli ko'rsatmalarni olgan "Yangier"ning ikkinchi bo'limning kirish qismida hujumlari ham xavfli tus ola boshladi. Biroq uchrashuvda baribir tajriba o'z so'zini aytdi. Jarima zarbasidan SHerzod Karimovning etkazib bergan uzatmasiga boshi bilan zarba yo'llagan Marko Obradovich o'zining ushbu o'yindagi ikkinchi, joriy mavsumdagi 8-golini kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Uchrashuvning 60-daqiqasiga kelib Ilhom Mo'minjonov birdaniga 3 ta zaxirani amalga oshirdi. Sobit Sindarov, Ulug'bek Hoshimov va Izzatilla Abdullaevlar o'rniga Ruslan Roziev, Abdulloh Olimov va "Oq-tepa"ga qarshi o'yinda 5 ta gol urgan Sardor Abdunabievlar o'yinga qo'shildi. Maydon egalari tarkibida yangi kuchlar qo'shilganidan so'ng hujumlar yanada xavfli tus ola boshladi. "Neftchi" tarkibidagi o'zgarishlardan so'ng Azamat Abduraimov ham o'z o'rnida taktik yurishlarni amalga oshirdi - Jonibek Mirzaqulov o'rniga hujumkor futbolchi Yodgor Nazarov maydonga tushdi. Oradan bir oz vaqt o'tib "Yangier" safida kubok bahslarida jarima zarbasidan "Qo'qon-1912" darvozasiga gol kiritgan Oybek Ahmatov zaxiraga olindi va uning o'rniga legioner hujumchi Kafanon Faysal tushirildi.
Ikkinchi bo'limning so'ngi daqiqalariga kelib o'yin bir oz tenglashgandek ko'rindi, biroq darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.
SHu tariqa o'yinda 2:0 hisobida g'alabaga erishgan "Neftchi" musobaqa jadvalidagi ochkolari sonini 22 taga etkazib yana taqibchilaridan o'zib ketdi.
NEFTCHI – YANGIER 2:0
Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: SHohruh Said.
Gollar: Marko Obradovich 29, 50.
"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 2.Akmal SHoraxmedov, 7.Sobit Sindarov, 11.Izzatillo Abdullaev, 14.SHerzod Karimov, 18.SHavkat Mullajonov, 21.Azam Aliev, 22.Umar Adxamzoda, 33.Toxir SHamsitdinov, 91.Marko Obradovich, 99.Ulug'bek Xoshimov.
Zaxira: 1.Mashxur Muxammadjonov, 4.SHodiyor Xojimatov, 10.Sardor Abdunabiev, 12.SHuhratillo Raxmonov, 17.Abdulloh Olimov, 25.Sarvar Soliev, 31.Saydullo Rahmatov, 44.Darko Stanoevich (kattasi), 71.Ruslan Roziev.
"Yangier": 35.Sarvar Husanov, 3.Bekzod Tolibjonov, 5.Ulug'bek Xudoyberdiev, 6.Ladri CHemedjeu, 7.Abdumalik Toshpo'latov, 8.Ahrorjon Inoyatov, 13.Bunyod Abdumannonov, 15.Asadbek Mamarizoev, 17.Jonibek Mirzakulov, 19.Jerome Etame, 23.Oybek Axmatov.
Zaxira: 12.Nodirjon Ashurmatov, 10.Xurshidbek Asqaraliev, 20.SHohzamon Xaybullaev, 25.Yodgor Nazarov, 26.Kafanon Faysal, 27.Rabbimjon Xasanov, 29.Dieudonne Siebatcheu.
Bekzod Tolibov tayyorladi
Xorazm Mirjalol Qurbonov - 12' |
PRO liga. 11-tur 13/06/2021, 18:30 1
:
1
Tugadi
|
Aral Samali Yerbol Seytnazarov - 16' |
Neftchi Marko Obradovich - 29', Marko Obradovich - 50' |
PRO liga. 11-tur 13/06/2021, 20:00 0
:
2
Tugadi
|
Yangiyer |
Fikrlar