Kessie Milanda yiliga 9 million maosh olmoqchi
10 noy 2021 10:36
Yangiliklar
Kessie Milanda yiliga 9 million maosh olmoqchi
Milan va Frank Kessie o'rtasidagi yangi shartnoma borasidagi muzokaralar og'ir o'tmoqda, deb yozadi jurnalist Janluka Di Marcio.
24 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yil yozida tugaydi.
«Qiyin vaziyat. Vaqt o'tgani sari kelishuvga erishish qiyinlashmoqda.
«Milan» 6 million, keyinroq 6,5 million va bonuslar taklif qildi. Ammo Kessie yiliga taxminan 9 million evro so'ramoqda. Juda katta talablar. Agar u talablarni pasaytirmasa kelishuv amalga oshishi qiyin bo'ladi», – deydi Di Marcio SkySport 24'ga.
Bu mavsum futbolchi «Milan» safida 12ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta gol urdi.
Fikrlar