Kepa hech qanday qoidani buzgani yo'q
25 fev 2019 14:08
Yangiliklar


Kepa hech qanday qoidani buzgani yo'q
"CHelsi" posboni Kepa Arrisabalaga "Manchester Siti"ga qarshi Angliya liga Kubogi finali paytida maydonni tark etishni istamay, Angliya futbol federaciyasining qoidalarini buzmagan.
Bahs yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida bosh murabbiy Mauricio Sarri Arrisabalaga o'rniga Villi Kabaleroni tushirmoqchi bo'ldi, ammo tablo ko'tarilganiga qaramay, Kepa maydonni tark etishni istamadi. Natijada italiyalik mutaxassis g'azab bilan suv idishni erga otdi va tribunaosti yo'lakchasiga yo'l oldi. Bir necha soniya o'tib murabbiy maydonga qaytdi. Penaltilar seriyasida "Manchester Siti" g'alabaga erishdi.
Angliya futbol federaciyasi qoidalarida yozilishicha, agar almashtiriladigan futbolchi maydonni tark etishni istamasa, bahs davom etadi. SHunday qilib, uchrashuv bosh hakami "CHelsi" posboniga jazo qo'llay olmasdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar