So’nggi yangiliklar

17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  0 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  2 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0

"Kenjaevga yordam beramiz" akciyasi avjiga chiqdi Yangiliklar

"Kenjaevga yordam beramiz" akciyasi avjiga chiqdi

To'g'risi, bunday bo'lishini kutmagandik. SHunday payt O'zbekistonda yashayotganingdan xursand bo'lib ketasan kishi.
Gaplarim samimiy, bizning mentalitet o'zi shunaqa, hech kimni qiyin kunda tashlab qo'ymaydigan xalqimiz bor. G'ururlanib ketasan shunaqa paytda. Uch kundan beri telefonimiz tinmaydi. Yaxshi odamlar ko'p-da. Barcha-barcha Kamoliddin Kenjaevga yordam qo'lini cho'zish istagida. To'g'ri, hozircha pul deyarli yig'ilmadi xolos, boisi hamma hisob-raqami ochilishini kutyapti. Kamoliddin Kenjaevning shaxsan o'zi bu ish bilan shug'ullanishni boshladi. O'z navbatida sobiq futbolchi, o'ziga yordam bermoqchi bo'layotgan barcha-barchaga rahmat aytib qo'ydi. 

29 noyabr kuni Toshkentda "CA"ning to'rt yoshi nishonlanadi. Aynan shu tadbirda ko'pchilik o'z xayriyasi bilan ishtirok etishni niyat qilgan. Sizlarga shuni malum qilamizki, shu kuni Kamoliddin Kenjaev TOSHKENTGA KELADI! Albatta, havo yaxshi bo'lib tursa. Rejamizga ko'ra, Kamoliddin Kenjaevning do'stlari "CA" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ikki jamoa tarkibida ham eng faol o'quvchilarimiz o'rin oladilar. Aynan qaysi o'quvchi tarkibdan o'rin olishini, saytdagi odob-ahloqlariga qarab aniqlaymiz. 

Mirjalol Qosimov shu kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan tadbirda ishtirok etishga vada berdi.

Allaqachon legioner futbolchilarimiz o'z xayriyalari bilan ishtirok etishlarini malum qilib bo'ldilar. Kamoliddin Kenjaevni o'z akasidek ko'radigan Kamoliddin Murzoev esa o'zining "Instagram"dagi saxifasida uni qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Alisher Nikimbaev esa futbolimiz faxriylarini akciyaga chorladi. Geynrix bo'lsa deyarli barcha jamoa sardorlari bilan bog'landi, ularning aksariyati yordam berishga tayyor. Kuni kecha Rustam Mirsodiqov ham jamoasi bilan akciyada ishtirok etishini aytdi. "Neftchi" esa o'zining rasmiy saytida chiqish qildi. "Andijon", "Paxtakor" va "Bunyodkor" muxlislar klubi ham jiddiy qiziqish bildiryaptilar. "Nasaf" va "Mashal" rahbariyati ham chetda qolmoqchi emaslar. "Mashal" o'zinig 30 yillik yubiley oqshomiga futbolchini chaqirishini aytib o'tdi, "Nasaf" esa 31 noyabr kuni katta tadbir o'tkazadi. SHu kuni Kenjaev faxrli mehmon sifatida qatnashadi.



SHu tarzda siz ham uni qo'llab-quvvatlang va boshqalarga xabar bering


Futbolchining o'zi juda ko'plab qo'ng'iroqlar bo'layotganini aytib o'tar ekan, Qarshida ham biron bir tadbir o'tkazishimizni so'radi. 31 oktyabr kuni maslahatlashib olamiz, 20 noyabrlarga "Geolog" zalida maxsus Qashqadaryo viloyati uchun tadbir o'tkazishni niyat qilganmiz.

Saytimizdan 4 nafar faol "koment"chi va 8 nafar o'quvchi akciyaga o'z ulushini qo'shishini aytib o'tdilar. 50 000 nafar o'quvchisi bor sayt uchun bu juda ozchilikni tashkil etadi deb o'ylab qoldim. 

Demak, faollashamiz. Ayni paytda 4 shaharda moddiy xayriya uchun pul berishingiz mumkin.

Qashqadaryo, Ziyodulla aka Safarov ("Nasaf" muxlislar klubi faoli) +99895 5051117

Andijon, Nodirbek To'ychiev ("Andijon" muxlislar klubi faoli) +99891 2900004

Farg'ona, Saytimiz muxlisi Islomjon +99891 2870909

Toshkent, +99890 988-6755 (soat Toshkent vaqti bilan 10:00dan 19:00gacha qo'g'iroqlar qabul qilinadi. Raqam kodini tergan taqdirdagina aktiv holatda bo'ladi.)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика