Keniya terma jamoasi bugun Andijonga yetib keladi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2018, 10:54
Xabaringiz bo'lsa kerak, 23-26 mart kunlari O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Keniya davlatining yoshlariga qarshi ikkita xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'FA matbuot-xizmatining ma'lum qilishicha, keniyaliklar bugun tongda yurtimizga yetib kelishgan.

Vodiydagi muhbirimizning xabar berishicha, Keniya yoshlar terma jamoasi bugun tushlikka qadar Toshkentdan Andijonga havo yo'llari orqali yetib boradi. Mehmonlar shahardagi Bog'ishamol mehmonxonasiga joylashadi.

Raavshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Farg'onada yig'iladi va o'yin kuni Andijonga yetib kelishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Keniya o'rtoqlik uchrashuvi 23 mart kuni soat 20:00 da Sog'lom avlod stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia