Kellini "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytiradi
04 avg 2014 01:14
Yangiliklar
Kellini "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytiradi
Turinning "Yuventus" jamoasi himoyachisi Jorjio Kellini yaqin orada yangi shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.
Kellinining amaldagi shartnomasi 2015 yilning yoziga qadar amal qiladi. "Yuventus" klubi futbolchi bilan 2018 yilgacha shartnomasini uzaytirishni taklif qilgan va Kellini bu taklifga rozi bo'lgan. Yangi bitim Osiyo va Okeaniyadagi yig'inidan qaytgandan keyin rasmiylashtiriladi.
Fikrlar